» » Superliga. “Paxtakor” yirik hisobda g‘alaba qozondi. Eren Derdiyokdan dubl

Superliga. “Paxtakor” yirik hisobda g‘alaba qozondi. Eren Derdiyokdan dubl


Futbol bo‘yicha Coca-Cola Superliga 8-turida “Paxtakor” 7-iyul, seshanba kuni “Mash’al”ni qabul qildi.

Uchrashuv kutilganidek Shota Arveladze shogirdlarining ustunligida o‘tdi. Uchrashuvning 25-daqiqasida Eren Derdiyok “sherlar”ni oldinga olib chiqdi. 57-daqiqada shveysariyalik futbolchi dublini nishonladi.

75-daqiqada Dragan Cheran Doston Hamdamovning uzatmasidan so‘ng boshi bilan darvozani ishg‘ol qilgan holda, yakuniy hisobni o‘rnatdi.

Mazkur g‘alabadan so‘ng “Paxtakor”ning ochkolari 21 taga yetdi va jamoa musobaqa jadvalida yakka peshqadam bo‘lib turibdi. “Mash’al” (6) esa 10-pog‘onada qoldi.

Coca-Cola Superliga

8-tur bahsi

7-iyul, seshanba

Gollar: 1:0 – 25 Derdiyok, 2:0 – 57 Derdiyok, 3:0 – 75 Cheran.

“Paxtakor”: Eldorbek Suyunov, Hojiakbar Alijonov (Akrom Komilov, 80), Jaloliddin Masharipov (Javohir Sidiqov, 80), Dragan Cheran, Yegor Krimets, Dostonbek Hamdamov, Odiljon Hamrobekov (Sadriddin Abdullayev, 80), Sherzod A’zamov, Sardor Sobirxo‘jayev (Abror Ismoilov, 64), Farruh Sayfiyev, Eren Derdiyok (Igor Sergeyev, 64).

“Mash’al”: Rahimjon Davronov, Najmiddin Normurodov, Ifeani Ifeani, Nikita Pavlenko, Mo‘minjon Meliyev (Didar Durdiyev, 60), Ella Ken Armand, Jamoliddin Ubaydullayev, Abbos Shodmonov (Ubaydullo Xoliqulov, 86), Sirojiddin Qo‘ziyev (Sirojiddin Rahmatullayev, 65), Samandar Shukurillayev, Denis Vasilev (Muhammadali Aliqulov, 46).

Ogohlantirishlar: Ifeani (45), Shukurullayev (78).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-07-2020, 21:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 103) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют