» » Harbiy pensionerlar kollej va litseylarga alohida tartibda ishga qabul qilinadi

Harbiy pensionerlar kollej va litseylarga alohida tartibda ishga qabul qilinadi


O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Mehnat vazirligi, Moliya vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi qarori (pdf) bilan Harbiy xizmatchilar orasidan pensionerlarni harbiy-akademik litseylar, shuningdek akademik litseylar va kasb-hunar kollejlariga ishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi, deb yozadi Norma.

Harbiy akademik litseylarning bo‘sh (vakant) direktorlari, ularning o‘rinbosarlari va o‘qituvchilari lavozimlariga ishga qabul qilish

Tegishli ma’lumotga, kasbiy tayyorgarlikka va yuksak axloqiy sifatlarga ega bo‘lgan shaxslar harbiy-akademik litseyda pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega.

Pensionerlar harbiy-akademik litseylarning bo‘sh (vakant) direktori lavozimlariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 28 fevraldagi F-2146-son farmoyishi bilan tasdiqlangan Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining direktorlarini tanlash va tayinlash tartibi to‘g‘risidagi nizomda, harbiy akademik litseylarning bo‘sh (vakant) direktori o‘rinbosarlari, o‘qituvchilari lavozimlariga esa, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari direktor o‘rinbosarlari, pedagog va muhandis-pedagoglarning bo‘sh lavozimlarni egallash uchun ularni tanlov asosida tanlab olish to‘g‘risidagi nizomda (ro‘yxat raqami 1461, 2005 yil 28 mart) belgilangan tartibda tanlab olinadi.

Harbiy-akademik litseylarning bo‘sh (vakant) direktori lavozimlariga tanlovda ishtirok etish xohishini bildirgan pensionerlar tanlov e’lon qilingan kundan e’tiboran bir oy muddat ichida hududiy o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasiga quyidagi hujjatlarni topshirishi lozim:

Harbiy-akademik litsey direktori O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri bilan kelishilgan holda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi.

Harbiy-akademik litseylar direktorlarining o‘quv, ma’naviy-ma’rifiy va ma’muriy-xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosarlari hamda o‘qituvchilari O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi bilan kelishilgan holda harbiy akademik litsey direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi.

Pensionerlarni harbiy-akademik litseylar direktorlarining o‘quv, ma’naviy-ma’rifiy va ma’muriy-xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosarlari yoki o‘qituvchilari lavozimiga tayinlashda ular haqda tegishli tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘limining fikri olinadi.

Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani rahbari lavozimlariga ishga qabul qilish

O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani rahbari lavozimiga oliy ma’lumotli, kasbiy jihatdan yaxshi tayyorlangan hamda yuqori tajriba va malakaga ega bo‘lgan pensionerlar tayinlanadi.

Pensionerlar akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani rahbari lavozimlariga Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 18 dekabrdagi 348-son qarori bilan tasdiqlangan Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlikni tashkil etish va uni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomda belgilangan tartibda tanlab olinadi.

O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani rahbari lavozimga tegishli tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘limi bilan kelishilgan holda akademik litsey yoki kasb-hunar kolleji direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi.

Опубликовано: admin (24-04-2017, 10:58)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 97) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют