» » Superliga. 4 ta gol urilgan o‘yinda “Navbahor” Toshkentda “Bunyodkor”ga yutqazdi

Superliga. 4 ta gol urilgan o‘yinda “Navbahor” Toshkentda “Bunyodkor”ga yutqazdi


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Coca-Cola Superligasining 8-turi doirasidagi markaziy o‘yin 7-iyul, seshanba kuni “Bunyodkor” va “Navbahor” jamoalari o‘rtasida kechdi.

Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida kechgan bahsda Vadim Abramov shogirdlarining qo‘li baland keldi.

Uchrashuvning 25-daqiqasida Dilshod Ahmadaliyev uzoq masofadan aniq zarba yo‘llab, maydon egalarini oldinga olib chiqdi. Oradan uch daqiqa o‘tib O‘tkir Yusupov Shahboz Erkinovning jarima maydoni tashqarisidan yo‘llagan zarbasini o‘tkazib yubordi.

57-daqiqada mehmonlar javob to‘pini kiritishga erishdi, Igor Golban Azim Ahmedov tomonidan uzatilgan to‘pni darvozaga to‘g‘irlab qo‘ydi. O‘yin yakunlanishi arafasida “Bunyodkor”ning turkmanistonlik legioneri Selim Nurmurodov hujumni muvaffaqiyatli yakunlab, yakuniy hisobni o‘rnatdi — 3:1.

Mazkur g‘alabadan keyin “Bunyodkor”ning ochkolari 16 taga yetdi va jamoa 3-o‘ringa ko‘tarildi. “Navbahor” (14) esa 6-pog‘onaga tushib ketdi.

Coca-Cola Superliga

8-tur bahsi

7-iyul, seshanba

Gollar: 1:0 – 25 Ahmadaliyev, 2:0 – 28 Erkinov, 2:1 – 57 Golban, 3:1 – 88 Nurmurodov.

“Bunyodkor”: Sarvar Karimov, Islomjon Qobilov, Ibrohim Halil Yo‘ldoshev, Dilshodbek Ahmadaliyev, Jasurbek Jaloliddinov (Farrux Ikromov 61), Rasul Yo‘ldoshev (Sardor Abduraimov, 84), Lutfulla To‘rayev, Sanjar Qodirqulov, Abdulla Abdullayev, Valeriy Akopov (Selim Nurmuradov, 61), Shahboz Erkinov (Bahodir Pardayev, 76).

“Navbahor”: O‘tkir Yusupov, Azimjon Ahmedov,  Ivan Solovyov (Abbosjon G‘ulomov, 46), Azizbek Turg‘unboyev, Islombek Isoqjonov (Ruslan Bolov, 46), Mirzohid G‘ofurov, Igor Golban, Islom Rashidxonov (Shohruh Mahmudhojiyev, 76), Xurshidbek Muxtorov, Tohirjon Shamsiddinov (Obid Jo‘raboyev, ?79), Zabihillo O‘rinboyev (Javlon Ibrohimov, 46).

Ogohlantirishlar: Solovyov (7), O‘rinboyev (10), Jaloliddinov (37), Turg‘unboyev (37), Ahmadaliyev (59), Ibrohimov (65).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-07-2020, 22:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют