» » Superliga. OKMK o‘z uyida “Qo‘qon-1912”ni taslim qildi, Sanjar Tursunov 62 metrdan shedevr gol urdi

Superliga. OKMK o‘z uyida “Qo‘qon-1912”ni taslim qildi, Sanjar Tursunov 62 metrdan shedevr gol urdi


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Coca-Cola Superligasining 8-turidan o‘rin olgan uchrashuvlar 7-iyul, seshanba kuni o‘z yakuniga yetdi.

Olmaliqning OKMK jamoasi o‘z uyida “Qo‘qon-1912”ni qabul qildi. Ikkinchi bo‘lim debyutida maydon egalari ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol qildi. 54-daqiqada Elguja Grigalashvili hisobni ochdi. Oradan ikki daqiqa o‘tib, Sanjar Tursunov maydon markazidan aniq zarba yo‘llagan holda Botirali Ergashevni dog‘da qoldirdi — 2:0.

Mehmonlar bunga asosiy vaqtning so‘nggi daqiqasida javob qaytardi. Yakuba Bambaning goli amalda hech narsani o‘zgartirmadi va Mirjalol Qosimov shogirdlari navbatdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Joriy mavsum birorta o‘yinda mag‘lub bo‘lmagan “konchilar” 20 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda va peshqadam “Paxtakor”dan bir ochko ortda qolgan. “Qo‘qon-1912” (15) esa 4-o‘ringa joylashdi.

Parallel o‘yinda “So‘g‘diyona” o‘z maydonida “Buxoro”ni qabul qildi. Shohruz Norxonov, Javohir Qahramonov va Sahob Rashidovning gollariga buxoroliklar Bobur Farhodovning kiritgan to‘pi bilan javob qaytardi.

8-turdan so‘ng Superliga musobaqa jadvali quyidagi ko‘rinishni oldi:

Coca-Cola Superliga

8-tur bahslari

7-iyul, seshanba

Gollar: 1:0 – 54 Grigalashvili, 2:0 – 56 Tursunov, 2:1 – 90 Bamba.

OKMK: 32.Suhrob Sultonov, 20.Mirg‘iyos Sulaymonov, 23.Yovan Jokich, 44.Bobur Yo‘ldoshev, 31.Saydullo Rahmatov (3.Sardor Rahmonov, 46), 6.Erkin Baydullayev, 4.Mirjamol Qosimov (77.Arslonmirat Amanov, 61), 17.Sanjar Tursunov (10.Shahzod Nurmatov, 86), 18.Bahrom Abduraximov (88.Igor Zonich, 69), 7.Elguja Grigalashvili, 21.Mate Vatsadze (9.Zafar Polvonov, 61).

“Qo‘qon-1912”:  1.Botirali Ergashev - 3.Bobur Akbarov, 7.Shohnazar Norbekov, 9.Suhrob Berdiyev (22.Muhammadanas Hasanov, 65), 10.Quvondiq Ro‘ziyev (91.Yakuba Bamba, 84), 15.Oybek Rustamov, 20.Iqbol Malikjonov (17.Muzaffar Muzaffarov, 59), 23.Aleksandr Merzlyakov (8.Suhrob Nurulloyev, 84), 33.Ivan Yosovich, 69.Filipp Rayevats ( 19.Xamidullo Abduhamidov, 65), 70.Murod Xolmuhammedov.

Ogohlantirishlar: Rahmatov (9), Holmuhammedov (35), Yo‘ldoshev (43), Akbarov (78).

Gollar: 1:0 – 22 Norxonov, 1:1 – 49 Farhodov, 2:1 – 59 Qahramonov, 3:1 – 80 Rashidov.

“So‘g‘diyona”: 1.Shirinboy Abdullayev, 3.Iskandar Shoyqulov, 4.Elyor Orifov, 8.Jamshid Boltaboyev (21.Sahob Rashidov, 79), 10.Shohruz Norxonov (5.Ayubxon Nomanov, 79), 11.Jasur Hasanov, 12.San’at Shixov, 18.Shavkat Mullajonov (93.Marko Kolakovich, 60), 20.Bahodir Nasimov (19.Javohir Qahramonov, 56), 22.Shahboz Jo‘rabekov, 80.Elivelto Ribeyro (7.Sanjar Rashidov, 56).

“Buxoro”: 91.Zafar Safoyev, 4.Mirjalol Jumayev, 5.Boburjon Amanov, 7.Suhrob Ne’matov (17.Behruz Sa’dilloyev, 71), 16.Jasur Hasanov, 19.Bekzod Sayidov, 26.Abror Xusinov, 28.Ergash Ismoilov, 40.Azizbek Amonov (9.Jasur Hakimov, 71), 60.Bobur Farhodov, 77.Izzat Abdullayev (11.Zohir Pirimov, 60).

Ogohlantirishlar: Farhodov (26), Jo‘rabekov (35), Norxonov (37), Sayidov (41), Orifov (67).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-07-2020, 22:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют