» » Nukusda o‘t o‘chiruvchilar ikki bolaning hayotini saqlab qoldi

Nukusda o‘t o‘chiruvchilar ikki bolaning hayotini saqlab qoldi


2017-yil 17-aprel kuni soat 16:00 atrofida Nukus shahri 22-kichik tuman 1-A uy 56-xonada yong‘in sodir bo‘ldi. Yong‘inga elektr tokiga ortiqcha yuklanish tushishi sabab bo‘lgan, deb yozadi “KRuz.uz”.

Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Mahmud Seydullayening xabar berishicha, hodisa joyiga Nukus shahri 1-HYoXKning 2 ta ekipaji yetib bordi va darhol yong‘inni bartaraf etish choralarini ko‘rdi.

Yong‘in natijasida ko‘p qavatli uyning 4 va 5-qavati to‘liq tutun bilan qoplangan edi. Shu qavatdagi barcha fuqarolar pastga tushgan, lekin 5-qavatdagi 60-xonadonda 2 nafar o‘smir qolib ketganligi ma’lum bo‘ldi. Xonadon sohibasi uyni tashqaridan qulflab ketgani uchun o‘smirlar uyni tutun qoplaganda tashqariga chiqa olmay qolgan.

Nukus shahri 1-HYoXK xodimlari B.Qoshqarov, O.Toqimbetov va S.Genjebayevning tezkor harakatlari natijasida 2002-yil tug‘ilgan fuqaro M.Tursinmuratov va 2014-yil tug‘ilgan Sh.Arepbayevning hayoti saqlab qolindi hamda sodir bo‘lgan yong‘in qisqa fursatta bartaraf etildi.

Hududdagi fuqarolar nomidan “Bereket” MFY raisi K.Tajimuratov Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV A.Temirxanov nomiga minnatdorchilik xatini yulladi va Nukus shaxri 1-HYoXK xodimlari B.Qoshqarov, O.Toqimbetov, S.Genjebayev, K.Tajibekov, M.Atabayev va S.Yusupovga alohida tashakkur bildirib, xizmat faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (24-04-2017, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют