» » APL. “Chelsi” 5 ta gol urilgan London derbisida g‘alabaga erishdi

APL. “Chelsi” 5 ta gol urilgan London derbisida g‘alabaga erishdi


Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 34-turida “Chelsi” 7-iyul, seshanba kuni “Kristal Pelas” maydoniga safar qildi.

Dastlab mehmonlar Olivye Jiru (6) va Kristian Pulishichning (27) gollari evaziga oldinga o‘tib oldi. 34-daqiqada Uilfrid Zaha o‘zining aniq zarbasi bilan hisobni qisqartirdi.

Ikkinchi bo‘limda har ikki jamoa vakillari yana bir martadan darvozani ishg‘ol qildi. 71-daqiqada Temmi Abraham “ko‘klar”ning uchinchi golini urgan bo‘lsa, oradan bir daqiqa o‘tar-o‘tmas Kristian Benteke “Pelas”ning navbatdagi goliga muallif bo‘ldi. Qolgan vaqtda hisob o‘zgarmay qoldi.

Mazkur g‘alabadan so‘ng “Chelsi” ochkolarini 60 taga yetkazib oldi va musobaqa onlayn jadvalida 3-o‘ringa ko‘tarildi. Frenk Lempard shogirdlari “Lester”dan 2 ochko o‘zib ketdi, “tulkilar” ushbu turda “Arsenal”ga qarshi bahs olib boradi.

Parallel kechgan o‘yinda “Uotford” autsayder “Norvich”ni qabul qildi. Tanaffusga qadar har ikki jamoa vakillari bir martadan gol urdi. Ikkinchi bo‘lim debyutida Denni Uelbek akrobatik usulda zarba yo‘llab, maydon egalariga g‘alaba keltirdi. Ushbu g‘alabadan keyin ochkolarini 31 taga yetkazib olgan “Uotford” 17-o‘rinda bormoqda va xavfli zonadagi jamoalardan 4 ochko oldinda.

APL

34-tur bahslari

7-iyul, seshanba

Gollar: 0:1 – 6 Jiru, 0:2 – 27 Pulishich, 1:2 – 34 Zaha, 1:3 – 71 Abraham, 2:3 – 72 Benteke.

“Kristal Pelas”: Guaita, Uord, van Anholt, Keyhill (Sako, 8), Denn, Milivoyevich (Mayer, 89), Kuyate, Makartur (Makkarti, 80), Zaha, Benteke, Ayyu (Taunsend, 80).

“Chelsi”: Arrisabalaga, Kristensen, Aspilikueta, Zuma, Jeyms, Gilmor (Jorjinyo, 80), Barkli (Loftus-Chik, 65), Pulishich, Maunt, Villian, Jiru (Abraham, 65).

Ogohlantirish: Milivoyevich (35).

Gollar: 0:1 – 4 Buendia, 1:1 – 10 Douson, 2:1 – 55 Uelbek.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-07-2020, 00:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 69) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют