» » O‘zbekistonda yana 83 kishida koronavirus aniqlandi. Kasallanganlar soni 10 670 nafarga yetdi

O‘zbekistonda yana 83 kishida koronavirus aniqlandi. Kasallanganlar soni 10 670 nafarga yetdi


O‘zbekistonda 2020-yil 7-iyul soat 23:30 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilgan bemorlar soni 83 nafarga ko‘paydi va kasallanganlarning umumiy soni 10 670 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qildi.

Yangi kasallanish holatlarining

7-iyul kun davomida Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida 59 nafar, Qashqadaryo viloyatida 54 nafar, Jizzax viloyatida 6 nafar, Buxoro viloyatida 2 nafar, jami 121 nafar bemor tuzaldi. Shunday qilib O‘zbekistonda 6811 (+121) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqaro (63 foiz) sog‘aygan. 3819 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda (24 nafari og‘ir, 13 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda).

Avval mamlakatda 2020-yil 7-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 97 kishiga ko‘paygani, keyinchalik soat 17:30 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilgan bemorlar soni 128 kishiga ortib, jami 10 587 nafarni tashkil qilgan. Shu tariqa 7-iyul kun davomida jami 308 nafar kishida koronavirus infeksiyasi borligi aniqlangan.

O‘zbekistonda COVID-19 epidemiyasi boshlanganidan beri jami 40 nafar bemor koronavirus infeksiyasi asoratlari oqibatida vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-07-2020, 00:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 67) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют