» » Xitoyda salonida o‘quvchilar bo‘lgan avtobus suv omboriga tushib ketishi oqibatida kamida 21 kishi halok bo‘ldi (video)

Xitoyda salonida o‘quvchilar bo‘lgan avtobus suv omboriga tushib ketishi oqibatida kamida 21 kishi halok bo‘ldi (video)


Xitoyning janubiy-g‘arbida joylashgan Guychjou provinsiyasida jamoat transporti suv omboriga tushib ketdi. Hodisa oqibatida 21 kishi halok bo‘lgan, yana 15 kishi jarohat olgan. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Halok bo‘lgan 21 kishi orasida bir nafar, jabrlanganlar orasida esa uch nafar maktab o‘quvchisi ham bor. Biroq hodisa vaqtida avtobusda necha kishi bo‘lgani va ularning nechtasi maktab o‘quvchisi bo‘lgani hozircha noma’lum.

Hodisa 7-iyul kuni mahalliy vaqt bilan soat 11:45 da Anshun shahrida yuz bergan. Salonida yo‘lovchilar va o‘quvchilar bo‘lgan avtobus hozircha noma’lum sababga ko‘ra yo‘l chetidagi to‘siqni sindirib, suv omboriga tushib ketgan. Qutqaruvchilar avtobusni suvdan chiqarib olgan.

Hodisaning nima sababdan yuz bergani hozircha noma’lum. Suv omborida qidiruv-qutqaruv operatsiyasi davom etmoqda, holat bo‘yicha tergov olib borilmoqda.

Avvalroq Xitoyda kuchli yog‘ingarchilik oqibatida kamida 12 kishi halok bo‘lgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-07-2020, 00:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют