» » APL. “Lester” “Arsenal” maydonida ochko yo‘qotdi va 3-o‘rinni “Chelsi”ga topshirib qo‘ydi

APL. “Lester” “Arsenal” maydonida ochko yo‘qotdi va 3-o‘rinni “Chelsi”ga topshirib qo‘ydi


Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 34-turida “Arsenal” 7-iyul, seshanba kuni o‘z maydonida “Lester” bilan bahs yuritdi.

Uchrashuvning 21-daqiqasida Pyer-Emerik Obameyang maydon egalarini hisobda oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘limda mehmonlar faollikni oshirdi, buning ustiga 75-daqiqada londonliklar bir o‘yinchi kam bo‘lib qoldi: zaxiradan maydonga qo‘shilganiga ko‘p bo‘lmagan Edvard Nketia raqib futbolchisiga nisbatan o‘ta qo‘pol harakat qildi va to‘g‘ridan to‘g‘ri qizil kartochka oldi.

Shundan keyin ustunlik to‘liq “tulkilar” tomoniga o‘tdi. Qator hujumlar 84-daqiqada o‘z samarasini berdi, Jeymi Vardi qanotdan uzatilgan to‘pni darvozaga to‘g‘irlab yubordi.

Shu tariqa “Lester” ushbu durangdan so‘ng 59 ochko bilan 4-o‘ringa tushib ketdi. Ushbu turda g‘alaba qozongan “Chelsi” 60 ochko bilan 3-pog‘onaga ko‘tarildi. “Arsenal” (50) esa 7-o‘rinda qoldi.

APL

34-tur bahsi

7-iyul, seshanba

Gollar: 1:0 – 21 Obameyang, 1:1 – 84 Vardi.

“Arsenal”: Martines, Belyerin, Mustafi, David Luiz, Tirni, Sebalyos (Torreyra, 80), Jaka, Kolashinats, Lyakazett (Nketia, 71), Obameyang (Meytlend-Naylz, 90), Saka (Uillok, 71).

“Lester”: Shmeyhel, Bennett (Grey, 76), Evans, So‘yunju, Jastin, Ndidi (Prat, 82), Tilemans, Olbrayton (Fuks, 59), Peres, Vardi, Iheanacho (Barns, 59).

Ogohlantirish: Mustafi (88).

Chetlatish: Nketia (75).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-07-2020, 02:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 65) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют