» » Foto: Turk seriallarida did bilan kiyingan ayol obrazlar

Foto: Turk seriallarida did bilan kiyingan ayol obrazlar


Turk seriallaridagi har bir qahramon uchun alohida obraz yaratiladi. Ayniqsa ayol qahramonlar filmlarda kiyadigan liboslari muxlislar e’tiboridan hech qachon chetda qolmaydi. Quyida turk seriallaridagi eng didli ayol qahramonlarni sanab o‘tamiz.

10. “Qo‘limni qo‘yib yuborma” filmidagi Sumru obrazi

Ushbu filmdagi qizg‘ish sochli aktrisaning, Sumro rolida kiygan rang-barang liboslari uning qiyofasi bilan o‘ziga xos uyg‘?unlashgan.

9. “Mo‘jizaviy shifokor” serialidagi Beliz obrazi

Beliz obrazini ijro qilgan aktrisaning tashqi ko‘rinishi unchalik o‘ziga tortmaydi, lekin uning kiyinish uslubi e’tibordan chetda qolmasligi aniq.

8. “Opa-singil qizlari” serialidagi Umay Karay obrazi

Qahramon Umar Karayning mazkur serialdagi qizil va yorqin liboslari tomoshabin diqqatidan chetda qolmagan.

7. “Aziza” serialidagi Aziza obrazi

Serialdagi Aziza qahramoni oddiy, sodda qiz bo‘lishiga qaramay, o‘ziga xos uslubi borligi, sochini tasma bilan turmaklashi, tartibli yubkasi uni jozibali qilib ko‘rsatadi.

6.“Qahraton” serialidagi Berrak obrazi

Ushbu filmda aktrisa Xazal kam namoyon bo‘lishiga qaramay, did bilan kiyinish uslubi esda qolgani aniq.

5. “Ramo” serialidagi Sibel obrazi

Ushbu qahramon obrazini mukammal deb aytish mumkin, ayniqsa, ko‘k va yashil ust kiyimi aktrisaga juda ham yarashgan.

4. “Zolim Istanbul” serialidagi Damla obrazi

Damla qahramoni jozibali kiyinish uslubi bilan “Zolim Istanbul”ga ko‘rk berib turgan desa yanglish bo‘lmaydi.

3. “Qora niyat” serialidagi Zehra obrazi

Ushbu serialni tomosha qilish davomida, Zehraning kiyinish uslubi va soch turmagi yarashganidan unga taqlid qilish fikri tug‘ilishi hech gap emas.

2. “Qora niyat” serialidagi Ender obrazi

Ender obraziga maftun qolmaslikning iloji yo‘q. Uning nafaqat kiyinishi, balki o‘zini tutishi ham kishini o‘ziga jalb qiladi.

1.“Zuleyha” serialidagi Zuleyha obrazi

Zuleyhaning kiyinish uslubiga nazar tashlab, filmning libos bo‘yicha dizaynerlar Zuleyha uchun alohida va obdon ishlagan degan xulosaga kelish mumkin.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-07-2020, 08:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют