» » Turkmaniston telekanali Buxoro haqida ko‘rsatuv namoyish etadi

Turkmaniston telekanali Buxoro haqida ko‘rsatuv namoyish etadi


Turkmanistonning “Yaslik” telekanali “Bilesiniz gelyarmi” ijodiy guruhi 15-aprel kuni Buxoro viloyatida suratga olish ishlarini o‘tkazdi, deya xabar bermoqda “1news.uz”.

Suratga olish guruhining maqsadi — turkmanistonlik teletomoshabinlarga O‘zbekiston xalqlari madaniyati, an’analari, hunarmandchiligi va milliy taomlarini yoritib berish, deyiladi xabarda.

Buxoro viloyatiga tashrif chog‘ida suratga olish delegatsiyasi Ark qal’asi, Poyi Kalon majmuasi, Labi Hovuz majmuasi, savdo gumbazlari kabi tarixiy yodgorliklarda, shuningdek, Asia Bukhara va “Devonbegi” mehmonxonalarida suratga olish ishlarini olib bordi.

Опубликовано: admin (24-04-2017, 11:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют