» » Andrey Kanchelskis: Futbolchilarim borini berib harakat qilmadi

Andrey Kanchelskis: Futbolchilarim borini berib harakat qilmadi


Navbahor klubi bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis Coca-Cola Superliga 8-turi doirasida Bunyodkorga qarshi kechgan uchrashuvdan (1:3) song oz fikrlarini bayon qildi.

Raqiblarimizni galaba bilan tabriklayman. Jamoa birinchi bolimning ozida ikki gol farqi bilan oldinda edi. Ikkinchi golda oyin qoidasi buzilgandi. Fol boldi, hushtak chalinmadi, ikkinchi gol urildi. Albatta, ogir. Ikkinchi bolimda boshqacharoq oynadik, gol urdik, vaziyatlar yaratdik. Ammo safarda oynash doimo qiyin bolgan. Endi keyingi oyinda tarkib ozgaradi, kimdir otkazib yuboradi, ayrimlar nimalarnidir oylashi kerak boladi. Ular futboldagi keyingi faoliyati qanday otishini oylashi kerak. Bazi futbolchilar barchasi yaxshi, alo darajada deb hisoblashdi, chiroyli hayot, yashash yaxshi, ammo har bir oyinda siz kuchli ekanligingizni korsatishingiz kerak.

Baribir ikkinchi gol oyinni sindirdi deb hisoblayman. 1:0 dan chiqib ketishning iloji bor, biroq 2:0 juda qiyin masala. Keyinchalik uchinchisi ham darvozamizdan orin oldi.

Nasaf maydonidagi durang, Bekoboddagi galabadan keyin futbolchilar ozlariga qoyilgan talabni pasaytirdi. Endi ular zaxirada otiradi va oz imkoniyatini kutadi. Jamoada kozi yonib turgan, oziga beriladigan imkoniyatni poylayotgan futbolchilar kop. Ozgarishlar qilinadi, tarkibda ayrim kamchiliklar yopiladi. Ha, bazida Ronaldu va Messida ham nimadir oxshamay qoladi. Futbolchida istak va xohish bolishi shart. Bu yoqmi, demak, ozgarishlar boladi, tarkibda yangilashlar yuzaga keladi, uning orni boshqa futbolchilar bilan toldiriladi.

Namangan viloyati hokimi bilan uchrashuv futbolchilarga salbiy tasir qildi deb oylamayman. U Namanganda futbolning rivoji uchun katta ish qilmoqda. U doimo biz uchun qayguradi. Shu sababli bu hech qanday tasir qilmagan. Maglubiyatda ozimiz aybdormiz, endi oyin, yolga qoygan xatolarimizni korib chiqamiz. U bizga omad tiladi. Futbolchilarim borini berib harakat qilmadi, ayrimlar 70 foiz kuch bilan oynadi. Bu hech nima emas, bundan yetarlicha dars oldik. Har bir negativ ishdan pozitiv fikr ham olib turish kerak boladi. Oldimizda Qizilqumga qarshi juda muhim bahs kutib turibdi. Bu oyindagi aybdorlik hissini shu oyinda yoqotamiz. Navbatdagi oyin boshqacha boladi. Vada beraman, deya rossiyalik mutaxassisdan iqtibos keltirmoqda Championat.asia.

Navbahor 8-turdan song 14 ochko toplab, 6-orinda bormoqda. Jamoa kelasi turni oz uyida Qizilqumga qarshi otkazadi.

Mavzuga doir:

Yanada koproq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bolishni istasangiz, Daryoning Telegramdagi rasmiy sport kanali @Daryo_Sport24ga obuna boling!



Manba: Daryo.uz
: admin (8-07-2020, 10:11)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 43) ( 0) ( 40) ( 3)
:
-
:
20 ... -