» » Ronaldu Messining yana bir natijasini takrorladi

Ronaldu Messining yana bir natijasini takrorladi


“Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu A Seriyaning 31-turida “Milan”ga qarshi o‘yinda (2:4) o‘z nomiga gol yozdirib qo‘ydi.

Shu tariqa portugaliyalik futbolchi 2007/08-yilgi mavsumdan beri 10-marta milliy chempionatlar doirasida bitta mavsum davomida 25 yoki undan ko‘proq gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Avvalroq shunday natijani “Barselona” hujumchisi Lionel Messi qayd etgandi. Ikkala futbolchining ushbu ko‘rsatkichi so‘nggi 12 yil ichida kuchli beshlik chempionatlarida harakat qiladigan (yoki o‘ynagan) barcha o‘yinchilar orasidagi eng yaxshi natija hisoblanadi.

Ronaldu ushbu mavsumda A Seriyaning 27 uchrashuvida maydonga tushib, 26 ta gol va 5 ta golli uzatmaga  mualliflik qilgan.

Mavzuga doir: Krishtianu Ronaldu “Yuventus”da qariyb 60 yillik rekordni takrorladi

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-07-2020, 13:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 44) ( 0) ( 42) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют