» » “O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimidagi resurslar poyoniga yetdi, desa mubolag‘a bo‘lmaydi. Bo‘sh koyka-o‘rinlar qolmadi” — Habibulla Oqilov

“O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimidagi resurslar poyoniga yetdi, desa mubolag‘a bo‘lmaydi. Bo‘sh koyka-o‘rinlar qolmadi” — Habibulla Oqilov


O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash tizimidagi resurslar bugungi kunga kelib poyoniga yetdi, deyish mumkin. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi, professor Habibulla Oqilov 8-iyul kuni bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.

Mart oyiga qaytsak. 15-mart kuni bizda birinchi bemor aniqlangan bo‘lsa, 16-martdan respublikamizda, hamma eslasa kerak, keskin karantin choralari qabul qilingan edi. O‘sha vaqtda biz xalqaro tajribani izchil o‘rganib, kerakli bo‘lgan miqdorda koyka-o‘rinlarni, karantinda saqlash uchun joylarni tayyorlaganmiz. Boshida sanatoriyalar, lagerlar karantin uchun tayyorlangan bo‘lsa, keyinchalik karantin shaharchalarini qurdik.

Barcha shifokorlarimizni, o‘zining asosiy yo‘nalishidan qat’iy nazar, koronavirus sharoitida ishlashga o‘rgatib, shu kurashga jalb qildik. O‘shanda qilingan karantin choralari, karantin modeli butun dunyodagi hamkasblarimiz tomonidan, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan boshqa davlatlar uchun ibratga sazovor model sifatida e’tirof etildi.

Lekin bugungi kunga kelib, kasallanish holatlari bir platoga chiqqandan keyin, kasallikning ikkilanish degan davri o‘tganiga qarab, karantin choralarini yumshatishni boshladik. Buni hamma ham to‘g‘ri tushungani yo‘q. Shu bilan birga, biz chet elda qolgan vatandoshlarimizni Vatanga qaytarish jarayonini bir kun ham to‘xtatganimiz yo‘q. Charter reyslar kelyapti, Qozog‘iston bilan chegaramiz orqali o‘z yo‘li bilan kirib kelayapti.

Aynan hozir kasallikning ko‘payishi ko‘proq chet eldan qaytayotgan vatandoshlarimiz ichida, karantinda saqlanayotgan fuqarolar orasida uchramoqda. Shahardagi aholi orasida kamroq uchramoqda, biroq soni kun sayin ko‘payib bormoqda. Bizning Sog‘liqni saqlash vazirligimiz tizimidagi resurslar bugunga kelib poyoniga yetdi, desa ham mubolag‘a bo‘lmaydi. Koyka-o‘rinlarimiz to‘lgan, barcha shifokorlar jalb etilgan — bu shifokorlar ham, bilasizlar, 14 kun ishlaydi, keyin chiqib ketadi, 14 kun karantinda o‘tiradi, o‘rniga yana 14 kun kimdir kirishi kerak — shifokorlarimizning ham soni qolmadi. Koyka-o‘rinlar soni qolmadi.

Habibulla Oqilov, Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi, professor



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-07-2020, 15:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют