» » “Biz Maxsus komissiyadan 28 kun so‘ragandik, 20 kunga chidab bersak ham katta gap deyishdi” — Habibulla Oqilov

“Biz Maxsus komissiyadan 28 kun so‘ragandik, 20 kunga chidab bersak ham katta gap deyishdi” — Habibulla Oqilov


O‘zbekistonda Respublika maxsus komissiyasining qaroriga muvofiq, 10-iyuldan 1-avgustga qadar (20 kunga) koronavirusga qarshi karantin tartibi keskin kuchaytirilmoqda. Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi, professor Habibulla Oqilovning so‘zlariga ko‘ra, mutaxassislar aslida Maxsus komissiyadan 28 kunlik karantin joriy etishni so‘ragan.

8-iyul kuni AOKADa bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Oqilovning ta’kidlashicha, agar hozir karantin tartibi kuchaytirilib, kasallikning tarqalish zanjiri uzib tashlanmasa, O‘zbekistonda ham Qozog‘iston yoki Qirg‘izistondagi kabi og‘ir vaziyat yuzaga kelishi, dorixonalarda dori, kasalxonalarda esa koyka-o‘rinlar yetkazib bera olmaslik holatiga tushib qolish mumkin.

Aynan shu holga tushmaslik uchun karantin tartibi kuchaytirilyapti. Bu bir, ikki yo uch oyga emas, atigi 20 kunga qilinyapti. Atigi 20—21 kunda, Xudo xohlasa, shu zanjirlarni uzib olsak.

Biz Maxsus komissiyadan ikkita inkubatsion davrni — 14 kundan 28 kun so‘ragandik. Bizga: “Yo‘q, xalq uchun bu juda qiyin bo‘ladi, 20 kun chidab bersak ham katta gap”, deb aytishdi.

Biz Maxsus komissiyani 20 kunga rozi qiloldik. Agar hozir keskin choralar ko‘rmasak, buning asoratlari fojiali bo‘lishini xalq tushunishi kerak.

Habibulla Oqilov, Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi, professor

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-07-2020, 15:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 81) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют