» » Rossiyada koronavirusga chalinganlar soni 700 ming kishidan oshdi

Rossiyada koronavirusga chalinganlar soni 700 ming kishidan oshdi


Koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha tezkor shtabning 8-iyul kungi ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyada so‘nggi sutkada koronavirusga chalinish bo‘yicha 6562 ta yangi holat qayd etildi, deb xabar bermoqda Meduza.

Bir kun avval bu ko‘rsatkich 6368 nafarni tashkil etgandi. Mamlakatda umumiy hisobda 700 792 kishida koronavirus qayd etilgan.

So‘nggi sutkada COVID-19 bemorlarining 173 nafari vafot etgan. Epidemiya boshlanganidan buyon Rossiyada 10 667 kishi virus qurboni bo‘lgan.

Tuzalganlarning umumiy soni esa 472 511 kishini tashkil qilmoqda, so‘nggi sutkada bemorlarning 8631 nafari sog‘ayib, kasalxonadan javob berilgan.

Mamlakatda koronavirusni aniqlash bo‘yicha sutka davomida 253 mingta, umumiy hisobda esa 21,7 millionta test o‘tkazilgan.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha may oyidan buyon dunyoda uchinchi o‘rinda bo‘lib kelayotgandi. 6-iyuldan boshlab bu o‘rinni kasallanganlar soni 697 413 kishiga yetgan Hindiston egalladi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-07-2020, 15:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют