» » O‘zbekistonda 2020/2021-o‘quv yilida qancha bola 1-sinfga borishi ma'lum bo‘ldi

O‘zbekistonda 2020/2021-o‘quv yilida qancha bola 1-sinfga borishi ma'lum bo‘ldi


Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining xabar berishicha, 2020/2021-o‘quv yiliga 650 116 nafar bola 1-sinfga qabul qilinishi kutilmoqda.

Bugungi kunda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan tegishli ta’lim vazirliklari bilan hamkorlikda mamlakatdagi ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganilmoqda hamda tegishli tavsiyalar berilmoqda.

Xususan, tizimdagi ta’lim muassasalarida sharoitlarni yaxshilash, ularni yangi o‘quv yiliga tayyorlash maqsadida Xalq ta’limi vazirligining 2020-yil 28-maydagi 135-sonli buyrug‘i bilan harakatlar dasturi tasdiqlanib, ijroga yo‘naltirilgan.

Mavzuga doir: Xalq ta’limi vazirligi: “Maktab filiallarini to‘laqonli maktablarga aylantirish zarur”

Mazkur dasturga ko‘ra maktablarni yangi o‘quv yiliga tayyorlashning quyidagi asosiy yo‘nalishlari belgilangan:

Bugungi kunda umumta’lim maktablarining yangi o‘quv yiliga tayyor holatga keltirilishi bo‘yicha hududlarning reja-grafigi tasdiqlangan. 2020-yilda respublika bo‘yicha jami 84 872 o‘quvchi o‘rniga mo‘ljallangan 315 ta maktablarda qurilish ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

2020/2021-o‘quv yili uchun maktablarning 1-sinfiga qabul joriy yilning iyul—avgust oylarida rejalashtirilgan. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, yangi o‘quv yilida 650 116 nafar bolalar 1-sinfga qabul qilinishi kutilmoqda.

An’anaga ko‘ra ular uchun “Prezident sovg‘asi” sifatida o‘quv jihozlari va darsliklar berilishi rejalashtirilgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-07-2020, 17:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют