» » O‘zbekistonliklarni xorijdan olib kelish bo‘yicha charter reyslar jadvaliga o‘zgartirish kiritildi

O‘zbekistonliklarni xorijdan olib kelish bo‘yicha charter reyslar jadvaliga o‘zgartirish kiritildi


Respublika maxsus komissiyasining qaroriga muvofiq, xorijdan O‘zbekiston fuqarolarini vatanga olib kelish uchun 6-iyuldan 19-iyulga qadar amalga oshiriladigan charter reyslar jadvali e’lon qilingandi. 8-iyul, chorshanba kuni Respublika maxsus komissiyasi xalqaro aviaqatnovlarni xorijiy davlatlardagi epidemiologik vaziyatni tahlil qilgan holda ikki baravar qisqartirishga qaror qilgan edi.

Shunga muvofiq, Transport vazirligi axborot xizmatining xabar berishicha, Respublika maxsus komissiyasi so‘nggi ikki haftaga rejalashtirilgan charter reyslar jadvalini qayta ko‘rib chiqdi va bir qancha reyslarni bekor qildi.

Mavzuga doir: Rossiyadan O‘zbekistonga amalga oshiriladigan charter reyslar jadvali o‘zgarishi mumkin

6–19-iyul kunlariga belgilangan parvozlar quyidagi tartiba amalga oshiriladi.

Yangi ro‘yxatga ko‘ra, 9-iyul kunidagi Toshkent—Moskva—Toshkent, 10-iyul kunidagi Toshkent—Dubay—Toshkent, 11-iyul kunidagi Toshkent—Moskva—Toshkent, 14-iyul kunidagi Toshkent—Sankt-Peterburg—Toshkent, 15-iyul kunidagi Toshkent—Seul—Toshkent, 18-iyul kunidagi Toshkent—Moskva—Toshkent reyslari bekor qilindi.

Epidemiologik vaziyat yaxshilanishi bilan xorijiy davlatlardagi mamlakat fuqarolarini O‘zbekistonga olib kelish maqsadida talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlarda reyslar sonini sezilarli darajada ko‘paytrish choralari ko‘rilishi ta’kidlangan.

Mavzuga doir: Rossiyadan yana 2087 nafar fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi

Eslatib o‘tamiz, 13-maydan 24-maygacha xorijdagi o‘zbekistonliklarni olib kelish uchun 12 ta reys amalga oshirish belgilangan va rejaga asosan amalga oshirilgandi. 25—31-may kunlari 8 ta charter reys orqali Rossiya va Turkiyadan jami 2118 nafar fuqaro O‘zbekistonga olib kelinishi xabar qilingandi. Shuningdek, 1—7-iyun kunlari xorijdagi o‘zbekistonliklarni olib kelish uchun 9 ta charter qatnovi, 8—21-iyun kunlari oralig‘ida 20 ta charter reys amalga oshirilgan. 22-iyundan 5-iyulgacha 21 ta charter reysda xorijdagi o‘zbekistonliklar olib kelindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-07-2020, 19:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 85) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют