» » O‘zbekiston terma jamoasi sentabr oyida Eron bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi

O‘zbekiston terma jamoasi sentabr oyida Eron bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi


O‘zbekiston terma jamoasi 7-sentabr kuni Toshkentda Eron terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi. Bu haqida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Avvalroq 4-sentabr kuni Tojkiston terma jamoasi bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazilishi ma’lum qilingandi.

Vadim Abramov shogirdlari JCh—2022 va Osiyo Kubogi—2023 saralashidan o‘rin olgan uchrashuvlarni oktabr va noyabr oylarida o‘tkazadi. Ushbu bahslar oldidan terma jamoa sentabr oyida Toshkentda yig‘in o‘tkazadi.

Eronga qarshi bahs 7-sentbar kuni “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tadi.

Mavzuga doir: O‘zbekiston terma jamoasi JCh—2022 saralashi doirasidagi o‘yinlarni qachon o‘tkazishi ma’lum bo‘ldi

Eslatib o‘tamiz, oktabr oyidagi FIFA kunlaridan boshlab JCh—2022 musobaqasining saralash bahslari davom ettiriladi. 8-oktabr kuni 7-tur bahslari bo‘lib o‘tadi va unda O‘zbekiston terma jamoasi dam oladi. 13-oktabrda Vadim Abramov shogirdlari safarda Yaman bilan o‘ynaydi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-07-2020, 19:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют