» » O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq o‘lim holatlari nega kechikib e’lon qilinayotganiga izoh berildi

O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq o‘lim holatlari nega kechikib e’lon qilinayotganiga izoh berildi


Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Koronavirusga qarshi kurash shtabi koronavirus bilan bog‘liq o‘lim holatlari haqidagi xabarlar nega kechikib e’lon qilinayotganiga izoh berdi.

Jumladan, “Daryo” muxbiri o‘lim holatlari haqidagi xabarlar ba’zan o‘sha kuni, ba’zan esa ikki kundan keyin e’lon qilinayotganiga Navoiy viloyatida bank xodimining vafot etishi avval viloyat hokimligi, so‘ng Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ma’lum qilinganini misol tariqasida keltirdi.

Respublika ixtisoslashtirilgan Endokrionologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori Anvar Olimovning so‘zlariga ko‘ra, Maxsus komissiyaning qarori bo‘yicha 5-iyulgacha bo‘lgan muddatda har bir kasallikning tashxisini tasdiqlash Toshkent shahridagi referens laboratoriyadan o‘tmagunicha ro‘yxatga olinmagan. Ro‘yxatga olinganlarning tuzalganidan so‘ng tahlili xuddi shu laboratoriyalarda tasdiqlanmagunicha kasallar ro‘yxatidan chiqarilmagan. Biroq 5-iyuldan boshlab viloyat Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi rahbariga tashxis qo‘yish, ya’ni PSR diagnostikasi bo‘yicha olingan ma’lumot asosida tashxis qo‘yishga ruxsat berilgan. Bemor davolanganidan so‘ng PSR diagnostikasi bo‘yicha natijalar tuzalganini qayd etgan holda viloyat Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi rahbarining o‘ziga berilgan.

Mutaxassis Navoiyning Zarafshon shahrida nafaqat PSR, balki referens laboratoriya ham qo‘yilganini qayd etdi. Toshkent shahridan so‘ng respublikada ikkinchi sanalgan ana shunday laboratoriyada endilikda tahlillar bo‘yicha diagnostika qilish huquqi mavjud.

Ayni holat bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi, professor Habibulla Oqilov ham o‘z izohini berib o‘tgan. Oqilov O‘zbekistonda bugunga kelib vafot etgan 42 nafar bemorning hammasi ham koronavirusdan halok bo‘lmaganini ta’kidladi.

Mavzuga doir: Toshkentda parkinson kasaliga chalingan 64 yoshli erkak koronvirusdan vafot etdi

“Aynan soppa-sog‘ odamga koronavirus yuqib, uning asoratlaridan o‘lganlarni sanaydigan bo‘lsak, 2, 3, 4 nafardan oshmaydi. Vafot etganlarning aksariyatida eskitdan surunkali kasal, ortiqcha vazn, endokrinologik muammolar, qandli diabet, gipertoniya, qon kasalliklari, yurak-qon tomir tizimi kasalliklari bo‘lgan. Nechtasi koronavirus yuqtirgan-u, lekin infarkt, o‘tkir infarkt-miokardidan vafot etgan”.

Shuningdek, misol tariqasida, bemor klinikaga kelib tushgan kuni infarktdan vafot etgan bo‘lsa ham, koronavirusga tahlil olinishi, ammo javobi kelmagunicha aynan nima o‘limga sabab bo‘lgani ma’lum qilinmasligi bildirildi. Javobi kelgunicha bo‘lgan fursatda vaqt cho‘zilishi mumkinligi aytildi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-07-2020, 21:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 70) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют