» » Habibulla Oqilov: “Pnevmoniya va koronavirus asorati bo‘lgan pnevmoniyani adashtirmaslik kerak”

Habibulla Oqilov: “Pnevmoniya va koronavirus asorati bo‘lgan pnevmoniyani adashtirmaslik kerak”


Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi, professor Habibulla Oqilov nima uchun O‘zbekistonda koronavirus va pnevmoniyadan vafot etganlarning statistikasi alohida berilmasligini izohladi.

“Daryo” muxbiri mutaxassisga Qirg‘izistonda koronavirus va ikki tomonlama pnevmoniyadan vafot etganlar statistikasi ajratib berila boshlangani, ushbu tajribani O‘zbekistonda qo‘llash imkoniyatlari borasida savol bergan.

Mavzuga doir: Alisher Shodmonov O‘zbekistonda koronavirus avj olsa, tibbiyot og‘ir vaziyatga tushib qolishi mumkinligini aytdi (video)

“Yo‘q, bizda vafot etayotgan bemorlarning yondosh kasalliklari bo‘lmasa, hammasi aynan o‘sha koronavirusning asorati bo‘lgan kimyoviy ikki tomonlama pnevmoniyadan o‘lmoqda. Boshqa sababi yo‘q koronavirusdan o‘lishning”, — deydi Oqilov.

Shuningdek, koronavirusga chalinmagan bemorlarda zotiljam (pnevmoniya) koronavirus singari 2 soatdan 4 soatgacha muddatda jiddiylashib ketmasligi ta’kidlandi. Pnevmoniya sekin-astalik bilan shamollashdan boshlanishi, avval bir tomon, so‘ng ikkinchi tomonda boshlanishi, 10-14 kun ichida jiddiy xavfga aylanishi bildirildi. Koronavirus pnevmoniyasida esa ayni holat 2 soatdan 4 soatgacha qisqaradi.

Mavzuga doir: “Bu juda murakkab sinov va og‘ir kurash bo‘ladi” — Shavkat Mirziyoyev koronavirus masalasida mamlakat aholisiga murojaat qildi

“Hozir gaplashib turgan bemor 4 soatdan so‘ng apparatga tushib qolmoqda. Shuning uchun ularni bir-biriga aralashtirib bo‘lmaydi”, — deya qo‘shimcha qildi mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq vaziyatning keskinlashayotgani sababli 10-iyuldan 1-avgustgacha mamlakatda qat’iy karantin choralari joriy qilinadi. 10-iyuldan to‘ylar, oilaviy va ommaviy tadbirlar taqiqlanadi, avtotransport harakati cheklanadi, buyum bozorlari va bolalar bog‘chalari yopiladi, xalqaro aviaqatnovlar ikki baravarga qisqartiriladi, koronavirusdan uy sharoitida davolanayotganlarga tibbiy yordam berish uchun mobil guruhlar tashkil etiladi, O‘zbekistonning barcha hududlari epidemiologik toifasi “qizil” bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-07-2020, 23:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 80) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют