» » Daniel Kormye: Habib Nurmagomedov otasisiz nimalarga qodir ekanini tasavvur ham qilolmayman

Daniel Kormye: Habib Nurmagomedov otasisiz nimalarga qodir ekanini tasavvur ham qilolmayman


Ikki vazn toifasida UFC sobiq chempioni Daniel Kormye yengil vazn divizioni chempioni Habib Nurmagomedovning holati haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Habib bilan chorshanba kuni, otasining o‘limidan ikki kun avval gaplashgandim. O‘sha vaqtda unga juda og‘ir edi. Mashg‘ulotlar uni biroz chalg‘itardi va u o‘zini yaxshi his qilardi. Biroq bunday sharoitda chempion uchun jang qilish juda og‘ir.

Endi nima bo‘lishi bilmayman. Rostdan ham bilmayman. Abdulmanap Habib hayotida ulkan o‘rin egallardi. Habib otasisiz nimalarga qodir ekani menga noma’lum. Otasisiz nima qilishini tasavvur ham qila olmayman”, — deydi Kormye.

Eslatib o‘tamiz, Abdulmanap Nurmagomedov 3-iyul kuni 58 yoshida koronavirus asoratlari oqibatida vafot etdi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-07-2020, 23:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют