» » APL. “Manchester Siti” 5 ta gol urib g‘alaba qozondi, “Vulverhempton” so‘nggi daqiqalar qurboniga aylandi

APL. “Manchester Siti” 5 ta gol urib g‘alaba qozondi, “Vulverhempton” so‘nggi daqiqalar qurboniga aylandi


Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 34-turida “Manchester Siti” 8-iyul, chorshanba kuni “Nyukasl”ni qabul qildi.

Uchrashuvning 10-daqiqasida Gabriel Jezus “shaharliklar”ni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 21-daqiqada Riyod Mahrez jamoasining ikkinchi golini urdi.

Ikkinchi bo‘limda ham maydon egalari uch bor raqib darvozasiga yo‘l topdi. 58-daqiqada Federiko Fernandes o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. 65-daqiqada David Silva jarima zarbasini qoyilmaqom ijro etdi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda Rahim Sterling yakuniy hisobni o‘rnatdi — 4:0.

Ushbu g‘alabadan keyin “Manchester Siti”ning ochkolari 69 taga yetdi va jamoa 2-pog‘onada ketmoqda. “Nyukasl” (43) esa 13-o‘rinda ketmoqda.

Yana bir o‘yin Yevrokuboklar uchun kurashayotgan “Sheffild Yunayted” va “Vulverhempton” jamoalari o‘rtasida kechdi. Jon Iganning 93-daqiqada urgan goli maydon egalariga g‘alaba keltirdi. Shu tariqa “Sheffild” ochkolarini 51 taga yetkazib olgan holda 7-o‘ringa ko‘tarildi. “Bo‘rilar” (52) esa 6-pog‘onada qoldi.

APL

34-tur bahslari

8-iyul, chorshanba

Gollar: 1:0 – 10 Gabriel Jezus, 2:0 – 21 Mahrez, 3:0 – 58, avtogol Fernandes, 4:0 – 65 Silva, 5:0 – 90 Sterling.

“Manchester Siti”: Ederson, Otamendi, Joau Kanselu (Uoker, 46), Zinchenko, Stounz, Rodri Ernandes (Gundo‘g‘an, 46), Silva, Foden (Bernardu Silva, 61), de Bryuyne, Mahrez (Doyl, 75), Gabriel Jezus (Sterling, 62).

“Nyukasl”: Dubravka, Rouz, Yedlin, Kraft (Muto, 84), Sher, Lazaro (Mankilyo, 66), Ritchi (Atsu, 84), Shelvi (Longstaff, 67), Bentaleb, Fernandes, Joelinton (Geyl, 66).

Gol: 0:1 – 38 Rodriges.

Gol: 1:0 – 90+3 Igan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-07-2020, 00:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 50) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют