» » “Tadbirkorga xiyonat qilgan odam siyosatimizga xiyonat qilgan odam bo‘ladi” — Shavkat Mirziyoyev

“Tadbirkorga xiyonat qilgan odam siyosatimizga xiyonat qilgan odam bo‘ladi” — Shavkat Mirziyoyev


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 8-iyul, chorshanba kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish hamda budjet tushumlarini so‘zsiz ta’minlash chora-tadbirlari muhokama qilindi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Prezidentning ta’kidlashicha, olti oylik tahlillar tadbirkorlik faoliyati hamma hududlarda ham kerakli darajada yo‘lga qo‘yilmaganini ko‘rsatgan.

Qayd etilishicha, o‘tgan yilda ro‘yxatdan o‘tgan tadbirkorlarning 23 ming nafari yoki 24 foizi bugungi kunda faoliyat ko‘rsatmayapti. Shavkat Mirziyoyev hokimlardan va bankirlardan nima sababdan bunday holat kuzatilayotganini so‘radi va bu holatni keskin tanqid qildi.

Shu sababli davlat rahbari tadbirkorlar sonini ko‘paytirishni emas, balki mavjud tadbirkorlarga ko‘proq sharoit yaratib, elektr, gaz, suv ta’minoti, yo‘l, kredit bilan bog‘liq masalalarni yechib berish lozimligini ko‘rsatib o‘tdi.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar duch kelayotgan bir-biriga zid sanitariya va yong‘in xavfsizligi qoidalarini bartaraf etish bo‘yicha topshiriq berdi

“Tadbirkorga xiyonat qilgan odam siyosatimizga xiyonat qilgan odam bo‘ladi. Tadbirkorning dardi bilan yashamagan rahbar hozirgi siyosatni tushunmagan rahbar bo‘ladi”, — dedi Prezident.

Respublikaning 59 ta tuman va shaharida biznes muhiti yaxshi emas, deb baholangan. “Ushbu reyting natijalari hududlar rahbarlarining tadbirkorlikni rivojlantirish borasidagi faoliyatiga berilgan haqiqiy baho. Aniq bilindiki, ular bizning hozirgi katta-katta marralarimizga munosib qadam qo‘ymayapti. Bu 59 ta tuman va shaharda odamlar rozi emas”, — deya ta’kidladi davlat rahbari.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev ish o‘rni yaratish bo‘yicha yaxshi natija ko‘rsatmagan tuman va tashkilot rahbarlarini ishdan oldi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-07-2020, 00:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют