» » APL. “Liverpul” Salohning dubli evaziga g‘alabaga erishdi

APL. “Liverpul” Salohning dubli evaziga g‘alabaga erishdi


Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 34-turida “Liverpul” 8-iyul, chorshanba kuni “Brayton” mehmoni bo‘ldi.

Uchrashuv debyutida mehmonlar ikkita to‘p kiritishga muvaffaq bo‘ldi: Muhammad Saloh 6-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, oradan ikki daqiqa o‘tib, Jordan Henderson keyingi golni urdi. Birinchi bo‘lim yakunlanishi arafasida Leandro Trossard hisobni qisqartirdi. 76-daqiqada Saloh dubl qayd etib, uchrashuvga yakuniy nuqtani qo‘ydi.

Mazkur g‘alabadan keyin “Liverpul”ning ochkolari 92 taga yetdi. Jamoa bir necha tur avval chempionlik masalasini hal qilib qo‘ygandi.

APL

34-tur bahsi

8-iyul, chorshanba

Gollar: 0:1 – 6 Saloh, 0:2 – 8 Henderson, 1:2 – 45 Trossard, 1:3 – 76 Saloh.

“Brayton”: Rayan, Lempti, Uebster, Dank, Bern, Propper (Bissuma, 71), Stivens, Gross (Konnolli, 71), Mak Allister (Muy, 71), Trossard, Mope.

“Liverpul”: Alisson, Aleksander-Arnold, Gomes, van Deyk, Uilyams (Robertson, 46), Keyta (Fabinyo, 61), Henderson (Milner, 80), Veynaldum, Saloh, Firmino (Minamino, 87), Oksleyd-Chemberlen (Mane, 61).

Ogohlantirishlar: Uilyams (41), Mane (62), Fabinyo (78), Lempti (85), Gomes (89).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-07-2020, 07:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют