» » O‘zbekistonda stikersiz avtomobillar harakatlanishi mumkin bo‘lgan vaqtlar belgilandi

O‘zbekistonda stikersiz avtomobillar harakatlanishi mumkin bo‘lgan vaqtlar belgilandi


Koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasi 10-iyuldan 1-avgustgacha bo‘lgan davrda avtotransport vositalari harakatini cheklash to‘g‘risidagi qarorni tasdiqladi. Avvalroq koronavirusga chalinish holatlari soni oshib borayotgani munosabati bilan ushbu davrda karantin choralari kuchaytirilishi haqida xabar berilgan edi. Kuni kecha bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida Shavkat Mirziyoyev pandemiyani jilovlash bo‘yicha choralar ko‘rish haqida topshiriq bergan edi.

Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan 10-iyuldan e’tiboran respublika miqyosida avtotransport vositalarining harakatini cheklash bo‘yicha quyidagilarni nazarda tutuvchi tartib joriy etilmoqda:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahriga avtotransport vositalarining kirishi va chiqishi (viloyatlararo qatnov) to‘xtatiladi (Toshkent shahridan Toshkent viloyatiga hamda Toshkent viloyatidan Toshkent shahriga kirib-chiqish bundan mustasno);

jamoat transporti harakati to‘xtatiladi;

avtotransport vositalarida maxsus ruxsatnomasiz (stikersiz) harakatlanishga faqatgina kunning muayyan vaqtida (07:00 dan – 10:00 gacha, 17:00 dan – 20:00 gacha) tegishli hudud doirasida (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri miqyosida) fuqarolarning ish joyiga borib-kelishi, dori vositalari, oziq-ovqat va birinchi galdagi mahsulotlarni xarid qilish uchun harakatlanishiga ruxsat beriladi.

Bunda avtotransport vositalarining harakatlanishi davomida santariya-gigiyena qoidalariga qat’iy rioya etish talab etiladi;

viloyatlar markazlari, Toshkent va Nukus shaharlari atrofidagi yo‘l patrul xizmati maskanlari, blokpostlar va to‘siq postlar faoliyati ichki ishlar organlari, Milliy gvardiya va Mudofaa vazirligi kuchlarini hamda Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi vakillarini jalb qilgan holda kuchaytiriladi.

Karantin davrida fuqarolarning mototransport (skuter) hamda velosipedda harakatlanishiga faqatgina tibbiy niqobdan foydalangan holda hayotiy zarur ehtiyojlari — dori vositalari, oziq-ovqat va birinchi galdagi mahsulotlarni xarid qilish, shifokor ko‘rigiga murojaat etish, shuningdek, ish joyiga borish va kelish uchun ruxsat etiladi.

Avtotransport vositalari harakatlanishi uchun Adliya vazirligi Davlat xizmatlari markazlari tomonidan ilgari berilgan maxsus ruxsatnoma (stiker)lar karantin cheklovlari amal qilish davrida qo‘llaniladi.

Shu bilan birga ruxsatnomasi mavjud bo‘lmagan holda harakatlanayotgan avtotransport vositalarining huquqbuzarlik davom ettirilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida karantin talablarni buzgan shaxslarga ma’muriy javobgarlik choralari qo‘llanilishi hamda avtotransport vositalari jarima maydonchasiga joylashtirilishi nazarda tutildi.

Viloyatlararo va shaharlararo qatnovlarni amalga oshirish bo‘yicha belgilangan cheklovlar dehqon va fermer xo‘jaliklari tomonidan yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini (meva-sabzavot, poliz, ko‘kat mahsulotlari va b.q.) joylarga yetkazish va sotish maqsadida viloyatlararo va shaharlararo qatnovlarni amalga oshirishga tatbiq etilmaydi.

Bunda dehqon va fermer xo‘jaliklarining avtotransport vositalari bozorlar, yarmarkalar va savdo nuqtalariga kiritishdan oldin dezinfeksiya qilinadi.

Qolaversa, yo‘nalishsiz taksilarga yo‘lovchi tashishga quyidagi maxsus talablar asosida ruxsat beriladi:

yo‘lovchi tashish uchun avtotransport vositasi salonida haydovchi o‘rindig‘i yo‘lovchilar o‘rindig‘idan shaffof plastik yoki maxsus plyonka bilan to‘silgan bo‘lishi kerak;

haydovchi va yo‘lovchi tibbiy niqobda bo‘lishi (tibbiy niqobsiz yo‘lovchini tashish taqiqlanadi) lozim;

faqatgina ikki nafar yo‘lovchilarni avtotransport vositasi saloni orqa o‘rindig‘iga o‘tkazilishi kerak;

faqatgina avtotransport vositasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan hudud doirasida (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri miqyosida) harakatlanishi shart.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari qo‘mitasi O‘zbekiston musulmonlari idorasi va boshqa diniy konfessiyalarning takliflarini inobatga olgan holda respublikadagi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib 2020 yil 10 iyuldan 2020 yil 1 avgustga qadar diniy tashkilotlar faoliyati to‘xtatilmoqda.

Karantin talablariga zid ravishda ko‘chalarda va maydonlarda uch kishidan ortiq bo‘lib yurish, shuningdek, niqobsiz yurish holatlari belgilangan tartibda ma’muriy javobgarlikka tortish uchun asos bo‘ladi.

Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan Avtotransport vositalari harakatlanishiga maxsus ruxsatnomalar talab etilmaydigan holatlar ro‘yxati tasdiqlandi.

Mazkur ro‘yxatga quyidagilar kiritilgan:

Sog‘liqni saqlash tizimidagi hamda xususiy tibbiyot tashkilotlari, tibbiy-sanitariya va epidemiologik xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlarning xizmat va xodimlarining shaxsiy avtotransport vositalari.

Farmatsevtika mahsulotlari (dori vositalari va tibbiy buyumlar) ishlab chiqaruvchi tashkilotlarning xizmat avtotransport vositalari.

Fuqarolarga kechiktirib bo‘lmaydigan tez tibbiy yordam ko‘rsatish (homiladorlik, tug‘ruq, tana jarohati, OIV/OITS, onkologik yordam, nurlanish terapiyasi, gemodializ yordamini ko‘rsatish, jarrohlik amaliyoti zarur bo‘lganda, inson hayotiga xavf tug‘dirayotgan boshqa holatlar) bilan bog‘liq hollarda tibbiyot muassasasiga borayotgan va undan qaytayotgan shaxsiy avtotransport vositalari.

Yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanish litsenziyasiga ega bo‘lgan yo‘nalishsiz taksilarga.

Bunda:

yo‘lovchi tashish uchun avtotransport vositasi salonida haydovchi o‘rindig‘i yo‘lovchilar o‘rindig‘idan shaffof plastik yoki maxsus plyonka bilan to‘silgan bo‘lishi kerak;

haydovchi va yo‘lovchi tibbiy niqobda bo‘lishi (tibbiy niqobsiz yo‘lovchini tashish taqiqlanadi) lozim;

yo‘lovchilarni avtotransport vositasi saloni orqa o‘rindig‘iga o‘tkazilishi hamda faqat o‘z (avtotransport vositasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan) hududida harakatlanishi shart.

Yetkazib berish xizmati (keytering) tashkilotlarining avtotransport vositalari.

Kommunal xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar – gaz, elektr energiyasi, issiqlik ta’minoti, sovuq suv, suv oqava va chiqindi tashishning maxsus avtotransport vositalari.

Oliy Majlis palatalari, sud va prokuratura organlari, Hisob palatasi, Biznes-ombudsman, Inson huquqlari bo‘yicha vakil (Ombudsman), Inson huquqlari milliy markazi, Savdo-sanoat palatasining xizmat avtotransport vositalari.

Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, agentliklar, boshqa davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda ommaviy axborot vositalarining xizmat avtotransport vositalari.

Markaziy bank va uning hududiy boshqarmalari hamda tijorat banklarining xizmat avtotransport vositalari.

“Respublika inkassatsiya xizmati” DUK xizmat avtotransport vositalari.

Xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalari hamda “CMD”, “D”, “UN”, “T”, “M” va “X” davlat raqami belgilariga ega bo‘lgan avtotransport vositalari, shuningdek, diplomatik vakolatxonalar, konsullik muassasalari, Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari, xorijiy davlatlar hukumat tashkilotlari vakolatxonalari, savdo vakolatxonalari xodimlarining avtotransport vositalari (xizmat guvohnomasini ko‘rsatgan holda).

Aloqa xizmatlarini ko‘rsatuvchi tashkilotlar, “O‘zbekiston pochtasi” AJ, “O‘zbektelekom” AK va uning tashkilotlari hamda “O‘zinfokom” yagona integratori” MChJga tegishli xizmat avtotransport vositalari.

N1, N2 va N3 toifaga kiruvchi avtotransport vositalari hamda qishloq xo‘jaligi texnikalari.

“Toshshahartransxizmat” AK tarkibiga kiruvchi avtobus saroylarining M2 va M3 toifaga kiruvchi avtotransport vositalari.

Yo‘l-patrul xizmati avtomobillari yordamida kuzatilayotgan avtotransport vositalari.

Dafn marosimlarida xizmat ko‘rsatuvchi maxsus avtotransport vositalari (faqat dafn marosimlari xizmatini ko‘rsatish maqsadida).

Mavsumiy qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib beruvchi M1 (bir nafar yo‘lovchi bilan) toifadagi jismoniy shaxslarga tegishli shaxsiy avtotransport vositalari.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-07-2020, 07:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 74) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют