» » O‘zbekistonda 1-avgustga qadar barcha masjidlar faoliyati yana to‘xtatiladi

O‘zbekistonda 1-avgustga qadar barcha masjidlar faoliyati yana to‘xtatiladi


Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan 2020-yil 10-iyuldan e’tiboran 1-avgustga qadar diniy tashkilotlar, jumladan, masjidlar faoliyati to‘xtatilmoqda.

“Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari qo‘mitasi O‘zbekiston musulmonlari idorasi va boshqa diniy konfessiyalarning takliflarini inobatga olgan holda respublikadagi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib 2020-yil 10-iyuldan 2020-yil 1-avgustga qadar diniy tashkilotlar faoliyati to‘xtatilmoqda”, — deyiladi maxsus komissiya qarorida.

Eslatib o‘tamiz, Respublika maxsus komissiyasining qaroriga muvofiq O‘zbekistondagi “yashil” hududlarda 8-iyundan boshlab masjidlarda (himoya niqoblarini majburiy kiyish sharti bilan), ijtimoiy masofa saqlagan (tashrif buyuruvchilar orasidagi masofa kamida 1,5-2 metr) holda namoz o‘qishga ruxsat berilgan edi.

Biroq ommaviy diniy tadbirlar (juma namozi, yakshanba ibodatlari va boshqalar) tashkil etish taqiqlangandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-07-2020, 09:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 103) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют