» » Qirg‘iziston bosh vaziri barcha tibbiyot xodimlarini ta’tildan chaqirib olishni buyurdi

Qirg‘iziston bosh vaziri barcha tibbiyot xodimlarini ta’tildan chaqirib olishni buyurdi


Qirg‘iziston bosh vaziri mamlakatda avj olayotgan COVID-19 va pnevmoniya epidemiyasi tufayli barcha tibbiyot xodimlarini mehnat ta’tilidan chaqirib olishni buyurdi. Bu haqda Qirg‘iziston hukumati matbuot xizmatiga tayanib “RIA Novosti” xabar qildi.

“Mehnat ta’tilidagi barcha tibbiyot xodimlarini ishga chaqirib olish lozim. Bu haqda Qirg‘iziston bosh vaziri Qubatbek Bo‘ronov Respublika tezkor shtabining navbatdagi yig‘ilishida topshiriq bergan”, — deyiladi hukumat xabarida.

Mavzuga doir: “Iltimos, qurilmalarni sotib olishga yordam bering”. Bishkek meri qirg‘izistonlik biznesmenlardan pnevmoniyaga qarshi kurashda yordam so‘radi

Qirg‘iziston bosh vazirining so‘zlariga ko‘ra, mamlakatdagi epidemiologik vaziyat qat’iy choralar ko‘rilishi lozimligidan darak bermoqda.

“Shifokorlar iltimosimizni to‘g‘ri tushunadi, degan umiddaman va ular yaqin orada ish joyiga qaytadi. Hozir Bishkek shahri va Chuysk viloyatida kasallanish o‘z cho‘qqisiga chiqqan. Tibbiyot xodimlari tun-u kun o‘ta og‘ir sharoitlarda odamlar hayotini saqlab qolish uchun kurashmoqda. Viloyatlardagi tibbiyot xodimlari ham ushbu ishda yordam uchun markazlarga chaqirilgan, xorijdagi shifokorlar ham mamlakatga qaytgan. Ammo hududlarda yuqori saviyali tibbiy xizmatlarga muhtoj aholi ko‘p. Shu sababli sog‘liqni saqlash tizimidagi barcha xodimlarni mehnat ta’tilidan ish joylariga qaytishni so‘rayman. Hozirgi vaziyat shunday yo‘l tutishni talab qilmoqda”, — deya Vazirlar Mahkamasi rahbarining so‘zlaridan iqtibos keltirgan “RIA Novosti”.

Mavzuga doir: Farg‘ona viloyati Qirg‘izistonning Botken viloyatiga insonparvarlik yordami jo‘natdi

Qirg‘izistonda 9-iyul holatiga ko‘ra, 8847 nafar odam koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan. 116 nafar bemor vafot etgan. Jami 3053 nafar bemor kasallikdan tuzalgan. Epidemiya boshlanganidan beri pnevmoniya asoratlaridan vafot etgan bemorlar soni esa 310 nafarni tashkil qilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-07-2020, 11:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют