» » Rossiya harbiy xarajatlar bo‘yicha Saudiya Arabistonini ortda qoldirib, kuchli uchlikka kirdi

Rossiya harbiy xarajatlar bo‘yicha Saudiya Arabistonini ortda qoldirib, kuchli uchlikka kirdi


Rossiya 2016-yil yakunlariga ko‘ra qurollanish xarajatlari bo‘yicha Saudiya Arabistonini ortda qoldirib jahonda uchinchi o‘ringa chiqdi. AQSh va Xitoy yetakchilik pozitsiyasini saqlab qoldi, Yevropa qatorasiga ikkinchi yil harbiy xarajatlar o‘sish tendensiyasini ko‘rsatdi. Bu haqda SIPRI hisobotiga tayanib, “RBK” xabar berdi.

2016-yilda dunyoda harbiy xarajatlarning umumiy hajmi 2015-yilga nisbatan 0,4 foizga o‘sib, 1,69 trillion dollarni tashkil qilgan. Yetakchilikni AQSh saqlab qolgan: 2016-yildagi xarajatlar  1,7 foizga o‘sib, 611 milliard dollarni tashkil qilgan. Xitoyning xarajatlari 5,4 foizga o‘sib, 215 milliard dollarni tashkil qilgan. Rossiya Saudiya Arabistonini ortda qoldirib, uchinchi o‘ringa chiqib oldi. Harbiy budjeti 2016-yilda 8,5 foizga o‘sgan Hindiston 55,9 milliard dollar bilan beshinchi o‘rinni egalladi.

Rossiyaning harbiy budjeti 2016-yilda 5,9 foizga o‘sib, 69,2 milliard dollarni tashkil etdi. Saudiya Arabistoni harbiy budjetni 2016-yilda birdaniga 30 foizga ya’ni 25,8 milliard dollarga kamaytirdi va 69,2 milliard dollarni tashkil qildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (24-04-2017, 12:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 58) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют