» » “Real” shifokorlari Eden Azarning jarohatini aniqlay olmayapti

“Real” shifokorlari Eden Azarning jarohatini aniqlay olmayapti


Madridning “Real” klubi hujumkor yarim himoyachisi Eden Azar to‘pig‘ida og‘riq his qilmoqda.

Belgiyalik futbolchi shundoq ham avvalgi jarohatlari tufayli Ispaniyadagi debyut mavsumining 24 o‘yinini o‘tkazib yubordi. Klub uning iyun oyi oxirida o‘tkazilgan “Espanyol”ga qarshi bahsda jarohat olganini taxmin qilmoqda. Azar o‘shandan beri maydonga tushmadi.

Сadena SER xabariga ko‘ra, futbolchining o‘zi tovon qismidagi og‘riqlardan shikoyat qilgan. Klub shifokorlari esa Azarda hech qanday shikastlanishlarni aniqlamagan. Azar ham o‘z navbatida bu ruhiyatga bog‘liq muammo emasligini ta’kidlamoqda.

Ma’lumot o‘rnida, Enden Azar 2019-yilning yozidan beri Madrid klubi sharafini himoya qilib kelmoqda. U 2019/20-yilgi mavsumda La Liganing 14 o‘yinida maydonga tushib, 1 ta gol va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Mavzuga doir: Ramosdan Azargacha. Joze Mourinyo bilan murosa qilolmagan futbolchilar haqida



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-07-2020, 13:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют