» » Jizzaxda koronavirusga chalingan 28 yoshli ayol vafot etdi

Jizzaxda koronavirusga chalingan 28 yoshli ayol vafot etdi


Jizzax shahrida yashovchi 28 yoshli M.O. ismli ayolning 22-iyun kunidan tana harorati ko‘tarilib, u uy sharoitida davolanib yurgan. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

Bemor ahvoli og‘irlashib, 4-iyul kuni tibbiyot xodimlariga murojaat qilganidan so‘ng, undan COVID-19’ga namuna olingan va infeksiya bilan kasallanganligi tasdiqlangan. Unda ikki tomonlama bronxopnevmoniya, o‘tkir nafas yetishmovchiligi kuzatilgan.

Bemor davolanish jarayonida mutaxassislar tomonidan bir necha marta konsultatsiya qilingan, unga tasdiqlangan standartlar asosida tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Bemorda o‘tkir nafas yetishmovchiligi belgilari kuchayganligi sababli u sun’iy nafas berish apparatiga ulangan.

Biroq ko‘rsatilgan reanimatsion choralarga qaramasdan bemorning holati keskin og‘irlashib, o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi.

SSV avvalgi vafot etgan bemorlardan farqli ravishda jizzaxlik 28 yoshli ayolning qaysidir kasallikdan uzoq yillardan beri davolanib kelayotgani haqida yozmagan.

28 yoshli ayol koronavirusdan vafot etgan Jizzaxdagi uchinchi, O‘zbekistondagi 49-bemor bo‘ldi.

Kun davomida SSV 4 nafar bemorning vafot etgani haqida xabar berdi.

Bungacha O‘zbekistonda 47 kishi koronavirus infeksiyasi asoratlari oqibatida:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-07-2020, 16:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 58) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют