» » Rossiyada koronavirus yuqtirib olganlar soni 707 ming kishidan oshdi

Rossiyada koronavirus yuqtirib olganlar soni 707 ming kishidan oshdi


Rossiyada so‘nggi bir sutka ichida 6509 kishida koronavirus aniqlandi. Bir kun avvalgi ko‘rsatkich 6562 kishini tashkil qilgandi. Bu haqda Meduza xabar berdi.

Pandemiya boshidan buyon Rossiyada koronavirus bilan kasallangan bemorlar soni 707 301 kishiga yetdi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha Rossiya dunyoda AQSh, Braziliya va Hindistondan keyin to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi.

So‘nggi bir sutkada eng ko‘p kasallanish holatlari Moskva shahri (568 kishi), Sankt-Peterburg shahri (292 kishi), Sverdlov viloyati (276 kishi) va Xanti-Mansiysk avtonom okrugida (265 kishi) qayd etilgan.

Mavzuga doir: Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi COVID-19’ga qarshi uchinchi yangi doridan foydalanishga ham ruxsat berdi

O‘tgan sutka ichida koronavirus tashxisi qo‘yilgan 176 nafar bemor vafot etgan. Rossiyada koronavirus tarqala boshlaganidan buyon 10 843 kishi COVID-19 qurboniga aylangan.

Mamlakatda bir kun ichida 8805 kishi kasallikdan tuzalgan, sog‘ayganlarning umumiy soni esa 481 316 kishiga yetgan.

Koronavirusni aniqlash bo‘yicha so‘nggi bir sutkada 288 mingta test o‘tkazilgan bo‘lsa, shu paytga qadar o‘tkazilgan testlar soni 22 milliontadan oshgan.

Mavzuga doir: Dunyo bo‘yicha koronavirus bilan kasallanganlar soni 12 milliondan oshib ketdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-07-2020, 19:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют