» » Burak O‘zchivit va Fahriye Evjen Bodrumdagi uyida hordiq chiqarmoqda (foto)

Burak O‘zchivit va Fahriye Evjen Bodrumdagi uyida hordiq chiqarmoqda (foto)


Turk kinosining yulduzli juftligi bo‘lgan Burak O‘zchivit va Fahriye Evjen dam olish maqsadida Istanbulni tark etib, Bodrumdagi uyiga jo‘nab ketdi. Juftlik o‘g‘li Karanni ham o‘zi bilan birga olib ketgan, deb yozadi “Kinoteka”.

Mashhurlar vaqtini qanday o‘tkazayotgani paparatssi nishonidan chetga qolmagan. Bu Burak O‘zchivitning rafiqasi va o‘g‘li bilan birga namoyon bo‘lgan ilk kadr, deyiladi xabarda.

Bodrumda joylashgan mazkur uy 2019-yilda Burak va Fahriye tomonidan 90 ming dollarga xarid qilingan. Ikki nafar yordamchi, bog‘bon, enaga va haydovchi faoliyat yuritadigan ushbu uy hududida xizmatchilar uchun alohida uycha bor.

Xabarda aytilishicha, juftlik dam olish uchun Istanbuldan Porsche mashinasi va VIP mikroavtobusida tashrif buyurgan. Dengizga istalgan vaqtda chiqish qulay bo‘lishi uchun kater (kichik kema) xarid qilgan Burak kunning birinchi qismida Egey dengizida baliq ovlash bilan mashg‘ul bo‘ladi.

Qo‘shimcha qilinishicha, aktyor hordiq chiqarish uchun bajaradigan ishlar ro‘yxatini tuzgan va onasi hamda rafiqasining opasi kelishiga tayyorgarlik ko‘rish uchun supermarketga ketgan. Bu vaqtda aktrisa farzandi bilan mashg‘ul bo‘lgan. O‘zchivit kelganidan keyin baxtli oila uchovlashib hovuzda cho‘milgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-07-2020, 19:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 56) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют