» » Belgiyada 3D-printer yordamida ikki qavatli uy yaratildi (video)

Belgiyada 3D-printer yordamida ikki qavatli uy yaratildi (video)


Belgiyalik mutaxassislar 3D-printer yordamida ikki qavatli uyni qurishga muvaffaq bo‘ldi, deb xabar beradi TCh kanali.

Mazkur inshoot 3D texnologiyasi yordamida yaratilgan dunyodagi eng yirik ikki qavatli uy hisoblanadi. Uni yaratish uchun 8 soatli smenada 15 kun davomida ish olib borilgan bo‘lib, bino 90 kvadrat metr joyni egallagan.

Uyning barcha devorlari betondan ishlangan va ular texnika yordamida avtomatik ravishda ko‘tarilgan.

Standart texnologiyalar yordamida qurilgan shu turdagi uylar narxi 100 ming yevro turadi. 3D yordamida yaratilgan uy esa ikki barobar arzonga tushadi, biroq avtomatning narxining o‘zi 300 ming yevroni tashkil etadi. E’tiborli jihati, printerni yosh bola ham ishlata olishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 2019-yilda Xitoyda 3D-printer yordamida 500 metrli devor chop etilgan edi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-07-2020, 20:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют