» » “Real” sobiq ustozi “Betis” bosh murabbiyiga aylandi

“Real” sobiq ustozi “Betis” bosh murabbiyiga aylandi


“Real” va “Manchester Siti” sobiq ustozi Manuel Pellegrini “Betis” bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda klub rasmiy saytida ma’lum qilindi.

66 yoshli chililik mutaxassis “Betis”da 2020/21-yilgi mavsumdan ishga kirishadi. Tomonlar o‘rtasidagi shartnoma 2023-yilning 30-iyuniga qadar mo‘ljallangan.

Ma’lumot uchun, Pellegrini “River Pleyt”, “Vilyarreal”, “Malaga”, “Hebay Chayna Forchun” va “Vest Hem” klublarida ham ishlagan. Mutaxassis “River Pleyt” boshqaruvida Argentina chempionligini qo‘lga kiritgan (2003-yil), “Manchester Siti” bilan esa Premyer Liga g‘olibi bo‘lgan (2013/14-yilgi mavsum).

“Betis” iyun oyida jamoa bosh murabbiyi Rubini iste’foga chiqargandi. Hozirda jamoa La Liga 35-turidan so‘ng 41 ochko to‘plagan holda 13-o‘rinda bormoqda.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-07-2020, 20:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 109) ( 0) ( 107) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют