» » O‘zbekistonda karantinni qaytarishga sabab bo‘lgan 6 ta muammo ma’lum qilindi

O‘zbekistonda karantinni qaytarishga sabab bo‘lgan 6 ta muammo ma’lum qilindi


Respublika maxsus komissiyasining 8-iyuldagi qarori bilan O‘zbekistonda 10-iyuldan 1-avgustga qadar karantin cheklovlari qaytadan kuchaytirilmoqda. To‘ylar, oilaviy va ommaviy tadbirlar taqiqlanadi, avtotransport harakati cheklanadi, buyum bozorlari va bolalar bog‘chalari yopiladi, xalqaro aviaqatnovlar ikki baravarga qisqartiriladi, O‘zbekistonning barcha hududlari epidemiologik toifasi “qizil” bo‘ladi.

Cheklovlar qaytadan kuchaytirilishiga bir qator muammolar sabab bo‘lgani keltirib o‘tildi. Respublika maxsus komissiyasining bildirishicha, bular quyidagilar:

Mavzuga doir: 

Shu sababli bu muammolarning yechimi sifatida tibbiyot muassasalarining faoliyatini yengillashtirish uchun bemorlarni uyda davolash va karantinni uyda o‘tkazish bo‘yicha bayonnoma qabul qilindi. Karantin markaziga ko‘proq fuqarolarni qabul qilish va ularning karantinda bo‘lish muddatini kamaytirish imkonini beruvchi yangi qisqa muddatli karantinda saqlash protokoli qabul qilindi.

Ta’kidlanishicha, 20 kunlik tanaffus sog‘liqni saqlash muassasalari, shifokorlar va tibbiyot xodimlariga bo‘lgan bosimni yumshatish va avgust oyida mamlakat iqtisodiyotini tiklashda davom etish uchun zarurdir.

Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev 8-iyul kuni bo‘lib o‘tgan videoselektorda mamlakatdagi koronavirus bilan bog‘liq vaziyatga to‘xtalib, joylarda belgilangan qoidalarga amal qilish borasida sustkashlikka yo‘l qo‘yilganini ta’kidlagandi hamda 10-iyuldan boshlab karantin cheklovlari kuchaytirilishi munosabati bilan viloyat rahbarlariga aholiga murojaat qilish bo‘yicha topshiriq bergandi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-07-2020, 20:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 43) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют