» » Sherzod Shermatov sentabrgacha vaziyat yaxshilansa, o‘quvchilar uchun onlayn darslar bo‘lmasligini ma’lum qildi

Sherzod Shermatov sentabrgacha vaziyat yaxshilansa, o‘quvchilar uchun onlayn darslar bo‘lmasligini ma’lum qildi


O‘zbekiston xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov yangi o‘quv yilida maktablarda darslar onlayn bo‘ladigan bo‘lsa, 1-sinflarga ta’lim berish qanday yo‘lga qo‘yilishi masalasida berilgan savolga javob berdi.

“Avvalo, darslar onlayn bo‘lishi to‘g‘risida rasman ma’lumot berildimi? Yaxshi niyat qilaylik, virusdan qutulaylik. Boshlang‘ich ta’limda dunyo miqyosida onlayn maktab tajribasi o‘zini oqlasa, allaqachon shu tizimga o‘tilardi. Onlayn tizim bo‘lmasin”, — dedi vazir.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda 2020/2021-o‘quv yilida qancha bola 1-sinfga borishi ma’lum bo‘ldi

Xalq ta’limi vazirining qayd etishicha, hozirgi holatdan ko‘rinib turibdiki, sentabrga kelib vaziyat yengillashsa, onlayn darslar bo‘lmaydi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, xavfsizlik choralari ko‘rilsa, epidemiologik vaziyat yomonlashmasligi to‘g‘risida ham yondashuvlar bor. Bola maktabda bo‘lganda ham, darslar televideniye orqali bo‘ladi. “Bu pandemiya tufayli emas. Maqsad — uzoq hududlarga sifatli darslar orqali qo‘shimcha yordam berish”, — dedi Sherzod Shermatov.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 1-sinfga qabul jarayoni onlayn navbat asosida amalga oshirilmoqda.

Avvalroq O‘zbekistonda maktab o‘quvchilari uchun onlayn darslar platformasini yaratish rejalashtirilayotgani haqida xabar berilgandi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda koronavirus aniqlanganidan keyin barcha ta’lim muassasalari yopilgan. Maktab o‘quvchilari uchun bir qator telekanallarda videodarslar efirga uzatildi. Karantin vaqtida teledarslar o‘tayotgan o‘qituvchilar Toshkentdagi Prezident maktabiga joylashtirildi. Maktablardagi yakuniy imtihonlar esa o‘tkazilmadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-07-2020, 21:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют