» » Osiyo Chempionlar Ligasi sentabrdan davom ettiriladi. “Paxtakor” 10 kun ichida 4 ta o‘yin o‘tkazadi

Osiyo Chempionlar Ligasi sentabrdan davom ettiriladi. “Paxtakor” 10 kun ichida 4 ta o‘yin o‘tkazadi


Osiyo Chempionlar Ligasi 2020-yilgi mavsumining qolgan o‘yinlari taqvimi tasdiqlandi va musobaqa koronavirus pandemiyasi sabab yuzaga kelgan tanaffusdan keyin qay tariqa o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi.

Osiyo futbol konfederatsiyasi tomonidan tasdiqlangan nizomga ko‘ra, har ikki mintaqadagi qolgan o‘yinlar markazlashgan tartibda o‘tkaziladi. Ya’ni guruh o‘yinlari bir mamlakatda o‘tkaziladi. “Paxtakor” ishtirok etayotgan g‘arb mintaqasining guruh bosqichi bahslari sentabr oyida o‘tkaziladi. Sharqdagi uchrashuvlar esa oktabr oyiga mo‘ljallangan.

Shota Arveladze qo‘l ostidagi jamoa o‘n kun ichida (14—23-sentabr kunlari) guruh bosqichining qolgan to‘rtta o‘yinini o‘tkazadi. O‘yinlar qaysi mamlakatda bo‘lib o‘tishi noma’lum.

Taqvim bilan tanishing:

OChL

3-tur, 14-sentabr

“Al-Hilol” — “Paxtakor”

4-tur, 17-sentabr

“Paxtakor”— “Al-Hilol”

5-tur, 20-sentabr

“Shabob al-Ahli” — “Paxtakor”

6-tur, 23-sentabr

“Shahr Xodro” — “Paxtakor”

1/8 final, 26 va 27-sentabr

Chorak final, 30-sentabr

Yarim final, 3-oktabr

Final, 5-dekabr

Eslatib o‘tamiz, dastlabki ikki turdan so‘ng “Paxtakor” klubi 6 ochko jamg‘argan holda Saudiyaning “Al-Hilol” jamoasi bilan birgalikda peshqadam bo‘lib turibdi. Musobaqa koronavirus tufayli to‘xtab qolgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-07-2020, 22:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 99) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют