» » Namanganda sement ortilgan Isuzu’ning jarlikka ag‘darilib ketishi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi

Namanganda sement ortilgan Isuzu’ning jarlikka ag‘darilib ketishi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi


Namangan viloyatida 8-iyul kuni soat 07:30 larda sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Tergov departamenti xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, sement ortilgan Isuzu yuk mashinasi Toshkent—O‘sh avtomobil yo‘li bo‘ylab Pop tumaniga ketayotgan bo‘lgan. 28 yoshli J.J. ismli haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketishi oqibatida yuk mashinasi jarlikka ag‘darlib tushgan.

Haydovchi va mashina ichida bo‘lgan 23 yoshli yo‘lovchi olingan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida halok bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan Pop tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (Odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Namanganda qum to‘kishga kelgan “ZIL” xonadon egasining 2 yoshli farzandini bosib ketgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-07-2020, 08:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 11) ( 0) ( 11) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют