» » Qarishning asosiy sababi ma’lum qilindi

Qarishning asosiy sababi ma’lum qilindi


Shveysariyaning Bern universiteti olimlari qarishning asosiy sababini aniqladi, deb xabar beradi Science Daily.

Ma’lum bo‘lishicha, organizm hujayralarining qarish jarayonida visseral yog‘ (inson sog‘lig‘i uchun eng xavfli yog‘) ishtirok etadi. Ushbu yog‘ qatlamlari qorin bo‘shlig‘ida joylashgan bo‘lib, ichki organlarni tashqi ta’sirlardan himoya qilishga mo‘ljallangan.

Patologik jarayonda odam va sichqonlarning visseral yog to‘qimalarida aniqlangan immunitet hujayralari, eozinofil leykotsitlari muhim rol o‘ynaydi.

Odatlar ular qonda mavjud bo‘ladi, biroq semirish sabab organizmda ortib ketadi. U nafas olish organlaridagi allergiyalarning rivojlanishiga, yog‘ning o‘zi esa — yengil surunkali yallig‘lanish paydo bo‘lishiga olib keladi.

Ushbu omillar immunitetni susaytiradi va yoshga oid kasalliklar rivojlanishini hamda qarishni tezlashtiradi.

2018-yilda amerikalik olimlar sichqonlarni qaritib, keyin ularni yoshartirishga muvaffaq bo‘lgani to‘g‘risida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir: Miyaning qarishini qanday to‘xtatish mumkin?



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-07-2020, 09:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют