» » Yevropa Chempionlar Ligasi 1/8 finalining javob o‘yinlari neytral maydonda bo‘lmaydi

Yevropa Chempionlar Ligasi 1/8 finalining javob o‘yinlari neytral maydonda bo‘lmaydi


UEFA ijroqo‘mi Yevropa Chempionlar Ligasi va Yevropa Ligasi 1/8 final o‘yinlarining qayerda o‘tkazilishi borasida qaror chiqardi.

Yevrokuboklar 1/8 finalining javob o‘yinlari mezbon jamoalar maydonida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuvlar tomoshabinlarsiz o‘tkaziladi.

Chempionlar Ligasida PSJ, “Atletiko”, “Leypsig” va “Atalanta” klublari chorak final yo‘llanmasini naqd qilib qo‘ygan. 1/8 finalning yana to‘rtta javob o‘yini koronavirus tufayli o‘tkazilmay qolgandi.

YChL

1/8 final, javob bahslari

7/8-avgust

“Yuventus” — “Lion” (ilk o‘yin — 0:1)

“Manchester Siti” — “Real” (2:1)

“Bavariya” — “Chelsi” (3:0)

“Barselona” — “Napoli” (1:1)

Avvalroq UEFA musobaqaning chorak final, yarim final va final uchrashuvlari bir o‘yinlik pley-off tizimida o‘tkazilishi va unga Lissabon shahri (Portugaliya) mezbonlik qilishini ma’lum qilgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-07-2020, 10:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют