» » Xitoyda bir sutkada 4 kishida koronavirus aniqlandi, Janubiy Koreyada kasallanganlar soni 45 nafarga oshdi

Xitoyda bir sutkada 4 kishida koronavirus aniqlandi, Janubiy Koreyada kasallanganlar soni 45 nafarga oshdi


Xitoyda so‘nggi sutkada koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha 4 ta va kasallik belgisiz o‘tayotgan 3 ta holat aniqlandi, bemorlarning 19 nafari sog‘aydi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti” Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasiga tayanib.

Qayd etilishicha, aniqlangan yangi kasallanish holatlarining barchasi chetdan yuqtirilgan.

Mamlakatda umumiy hisobda 83 585 kishi koronavirusga chalingan, ularning 78 690 nafari sog‘aygan, 4634 nafar bemor COVID-19 qurboniga aylangan. Kasalxonada 342 kishi davolanishda qolmoqda.

Shuningdek, Xitoyda kasallik belgisiz o‘tayotgan 6 ta holat aniqlangan. Shunday kishilarning yana 112 nafari kuzatuvda bo‘lib turibdi.

Mavzuga doir: Dunyo bo‘yicha koronavirus bilan kasallanganlar soni 12 milliondan oshib ketdi

Janubiy Koreyada esa sutka davomida 45 kishi koronavirusga chalingani qayd etilib, kasallanganlarning umumiy soni 13 338 nafarga yetdi.

Kasalliklar profilaktikasi va nazorati markazi (KCDC) ma’lumotlariga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining 22 tasida virus mamlakatning o‘zida, qolgan 23 tasida chetdan yuqtirilgan.

Sutka davomida 46 kishi sog‘ayib, tuzalganlarning umumiy soni 12 065 nafarni tashkil qilmoqda. Kasallik qurbonlari soni 288 nafarga yetdi.

Mavzuga doir: Janubiy Koreyaga ishga borgan O‘zbekiston fuqarosida koronavirus aniqlandi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-07-2020, 10:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 27) ( 0) ( 25) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют