» » Eski Toyota Supra yangi modeldan ikki barobar qimmatroq narxda sotuvga qo‘yildi (foto)

Eski Toyota Supra yangi modeldan ikki barobar qimmatroq narxda sotuvga qo‘yildi (foto)


Streetside Classics maydonchasida 1997-yilda ishlab chiqarilgan va hozirga qadar 58,7 ming kilometr yo‘l bosgan Toyota Supra sotuvga qo‘yildi. Mashina egasi eski sportkar uchun 93 ming dollar so‘ramoqda. Bu yangi Supra’dan ko‘ra ikki barobar qimmatroq demak, deb xabar beradi Motor.

Mazkur eski model narxining bu qadar qimmatligi sportkar yaxshi holatda saqlangani va u Limited Edition 15th Anniversary cheklangan seriyaga tegishli ekanligi bilan izohlanmoqda.

E’lon muallifining ta’kidlashicha, avtomobil xuddi hozirgina konveyrdan chiqqan kabi ko‘rinishga ega. Renaissance Red rangidagi Supra’ga “kruiz-kontrol”, frontal va yon xavfsizlik yostiqchalari hamda konditsioner o‘rnatilgan: salon qora charm bilan qoplangan. 17 dyuymli diskalariga Kumho “pokrishka”lari kiydirilgan. Mashina qanotlarida avtomobil yubiley munosabati bilan ishlab chiqarilgan seriyaga taalluqli ekanligini bildiruvchi belgi mavjud. Limited Edition 15th Anniversary tablichkasi esa salonga joylashtirilgan.

23 yoshli sportkar 320 ot kuchiga ega 3,0 litrli 2JZ-GTE dvigateli yordamida harakatga keladi. Motor olti pog‘onali mexanik uzatmalar qutisi yordamida boshqariladi. Mashinaning soatiga 60 mil tezlikka (97 km/soat) erishishi uchun besh soniya kifoya qiladi.

Limited Edition 15th Anniversary seriyasiga kiruvchi Toyota Supra’lardan biri 2019-yilda 176 ming dollarga sotilgan edi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-07-2020, 12:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют