» » Olmaota viloyati hokimi o‘rinbosari pnevmoniyadan vafot etdi

Olmaota viloyati hokimi o‘rinbosari pnevmoniyadan vafot etdi


Qozog‘istonning Olmaota viloyati hokimi o‘rinbosari Serikjan Beskempirov pnevmoniyadan vafot etdi, deya xabar bermoqda Tengrinews. Ushbu axborotni viloyat hokimligi matbuot xizmati ham tasdiqlagan.

“Bugun Olmaota viloyati hokimi o‘rinbosari Serikjan Beskempirov total ikki tomonlama pnevmoniya sabab hayotdan bevaqt ko‘z yumdi. Uning qarindoshlari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiraman”, — deb yozdi hokimlik matbuot kotibi Galimurat Jukel.

60 yoshli Serikjan Beskempirov 2012-yili Olmaota viloyati hokimi o‘rinbosari etib tayinlangan edi. Avvalroq, 10-iyul tongida Olmaota viloyati bosh davlat sanitariya vrachi Qayrat Baymuhambetov ham pnevmoniyadan vafot etgani haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir: Olmaota viloyati bosh sanitariya vrachi pnevmoniyadan vafot etdi

Prezident Qosim-Jo‘mart To‘qayev Qozog‘istonda koronavirusning ikkinchi to‘lqini boshlanganini e’lon qilgan edi. Mamlakatda so‘nggi bir sutkada koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 1726 ta holat qayd etilgan; jami kasallanganlar soni 54 mingdan ortiq, 280 bemor vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-07-2020, 13:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют