» » Ruslan Sharipov: Bundan buyon o‘zim uchun qo‘shiq yozishni istayman

Ruslan Sharipov: Bundan buyon o‘zim uchun qo‘shiq yozishni istayman


Uzoq yillik tanaffusdan so‘ng yana sahnaga qaytgan va ayni kunlarda shifoxonada davolanayotgan Ruslan Sharipov “Darakchi.uz” nashriga bergan interyusida uning ijodga qaytishida ko‘mak bergan insonlar va kelajak rejalari haqida gapirdi.

2000 yil yaxshi bir inson bilan tanishgan edim. Oradan 16 yil o‘tib, u bilan yana uchrashib qoldik. Bugun oilam va Muhabbat hoji ona (Rahimovlar oilasi)ning yordamida o‘zimga kelyapman. Nasib qilsa, muolajalarni to‘liq olib, menga bildirilgan ishonchni oqlashga astoydil harakat qilaman. Hali hammasi yaxshi bo‘lishiga ishonaman. Mavridi kelganda yana bir ma’lumotni aytib o‘tmoqchi edim, san’atkorlar, jurnalistlar ichida ham men uchun qayg‘urgan, hurmat qilib ijodimni kutganlar borligidan quvondim. Masalan, bir necha oy oldin Yulduz Usmonova bilan uchrashib qoldik. “Bo‘ldi, o‘zingni qo‘lga ol. Mendan nima yordam kerak bo‘lsa, tayyorman”, dedi. Bundan tashqari, yakkaxon konsert dasturiga taklif etgandi, afsuski, salomatligim tufayli qatnasholmadim. Konsertda jonli ijroda kuylash kerak. Ammo yillar davomida biroz ziyon yetgan ovozni sozlash uchun menga vaqt kerak. Biroq kelajakda Yulduz Usmonova bilan albatta, yana hamkorlik qilishimizga ishonaman.

Ruslan Sharipov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, xonanda

O‘z rejalari haqida gapirar ekan bastakor bundan buyon o‘zi va oilasi uchun yashashini alohida ta’kidladi.

Rejalarim juda ko‘p. Sog‘ligim tiklangach, ijodimni yo‘lga qo‘yaman. Kimlardir uchun emas, o‘zim uchun qo‘shiq yozishni istayman. Yaqindagina bir tanishim kelib, qo‘shiq yozib berishimni iltimos qildi. Rad etdim. Unga ham “Endi xudbin insonga aylanishga ahd qildim”, dedim. Bu hazil emas, kelajagimning haqiqati. Rostdan ham birovlarning kelajagini o‘ylashni istamayman. Yana bir maqsadim — farzandlarimning kelajagi. Ikki qizimda ham iqtidor bor. Kamila hozir Estrada va sirk kollejida ta’lim olyapti. Ovoz imkoniyatlarini eshitib, xursand bo‘laman. Bir-ikki yil ichida u bilan shug‘ullanib, qizlarning yangi guruhini tuzishni rejalashtirdik. O‘ylaymanki, uning kelajagi porloq.

Ruslan Sharipov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, xonanda

Xonanda suhbat chog‘ida konsert berish rejasi borligi haqida ham gapirgan.

“Shunday niyatimiz ham bor. Bu konsert yakkaxon tarzda bo‘lmaydi. Unda bugunning eng yorqin xonandalari ham ishtirok etadi. Katta shou uzoq yillik tanaffusga yaxshi javob bo‘ladi”, — degan xonanda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (24-04-2017, 15:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют