» » “Titanik” styuardessasi po‘stini Britaniyadagi auksionda 232 ming dollarga sotildi

“Titanik” styuardessasi po‘stini Britaniyadagi auksionda 232 ming dollarga sotildi


“Titanik” kemasi styuardessasi Meybl Bennet kiygan po‘stin Britaniyadagi auksionda 181 ming funt sterlingga (232 ming dollar) sotildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

Oldinroq ekspertlar mazkur po‘stinni 80 ming funtga (102 ming dollar atrofida) xaridorini topishini taxmin qilgandi. 

Kemaning birinchi toifali kayutalariga xizmat ko‘rsatgan Meybl Bennet halokatga uchragan “Titanik”ka qutqarish qayiqlari yaqinlashganda tungi ko‘ylak va ushbu po‘stinda bo‘lgani bildiriladi. Styuardessa omon qolgan yo‘lovchilarni Britaniyaga olib ketgan Red Star Line SS Lapland kemasi bortida ham uni kiyib yurgan. 

Bennetlar oilasi po‘stinni 1999-yilda sotib yuborgan, shundan so‘ng u AQShdagi muzeyda namoyish etilgandi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling! 

Опубликовано: admin (24-04-2017, 15:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 83) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют