» » Ronaldu “Real”ga qarshi o‘ynashi mumkin. Chempionlar Ligasi chorak va yarim final bahslariga qur’a tashlandi

Ronaldu “Real”ga qarshi o‘ynashi mumkin. Chempionlar Ligasi chorak va yarim final bahslariga qur’a tashlandi


UEFAning Nyondagi (Shveysariya) qarorgohida Yevropa Chempionlar Ligasi 2019/20-yilgi mavsumining qolgan qismiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Chorak final juftliklari quyidagicha ko‘rinish oladigan bo‘ldi.

1/4 final

1-juftlik: “Real” / “Manchester Siti” – “Lion” / “Yuventus”

2-juftlik: “RB Leypsig” – “Atletiko”

3-juftlik: “Napoli” / “Barselona” – “Chelsi” / “Bavariya”

4-juftlik: “Atalanta” – PSJ

1/2 final

1-juftlik: Chorak finalning 1-juftlik g‘olibi — Chorak finalning 3-juftlik g‘olibi

2-juftik: Chorak finalning 2-juftlik g‘olibi — Chorak finalning 4-juftlik g‘olibi

Final

Finalning nominal mezboni 2-yarim final juftligi g‘olibi bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, ayni damga qadar 1/4 finalga “Atalanta”, “Atletiko”, PSJ hamda “Leypsig” klublari yo‘l olgan.

1/4 finalning qolgan juftliklari 7—8-avgust kunlari o‘tkaziladigan o‘yinlardan so‘ng ma’lum bo‘ladi.

Chorak final bahslari 12—15-avgust, yarim final o‘yinlari esa 18—19-avgust kunlari o‘tkaziladi. Ushbu bosqichlar avvalgidek, ikkita emas, balki bitta o‘yindan iborat bo‘ladi.

Final bellashuvi esa 23-avgustga rejalashtirilgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-07-2020, 15:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют