» » Oq koftadan ter dog‘ini ketkazishning 7 ta samarali usuli

Oq koftadan ter dog‘ini ketkazishning 7 ta samarali usuli


Yoz kunlaridagi jaziramadan terlash, buning oqibatida esa kiyimda dog‘ hosil bo‘lishi yangilik emas. Ushbu dog‘lar ko‘p hollarda kir yuvish mashinasi yoki oddiy usul bilan yuvilganda ham ketmaydi, lekin bu yechim yo‘q ekanini anglatmaydi. Quyida qanday usullardan foydalanish orqali terlashdan hosil bo‘lgan dog‘ni ketkazish mumkin ekaniga to‘xtalamiz.

1. Bunday vaziyatda sizga oddiy xo‘jalik sovuni yordam bera oladi. Hidi va ko‘rinishi yoqimsiz bo‘lgani bilan, u terlaganda paydo bo‘lgan dog‘ga qarshi samarali vosita hisoblanadi. Buning uchun kiyimning kerakli joyiga xo‘jalik sovunini surtib, 15 daqiqa ivitib qo‘ying, keyin bo‘lsa yuvib tashlang.

2. Uch osh qoshiq suyuq sovunga, bir osh qoshiqda ichimlik sodasi va tuz qo‘shib aralashtiring. Aralashmani dog‘ga surting va yarim soatga qoldirib, keyin odatdagidek yuvib tashlang.

3. Yana bir samarali usul — ichimlik sodasi qo‘shilgan suvdan foydalanish. Sodaga suv qo‘shganda bo‘tqa ko‘rinishini eslatishi kerak. Aralashmani dog‘ga surtib, 15 daqiqadan keyin yuvish tavsiya qilinadi.

4. Vodorod peroksidini, purkagichli idishga soling. Dog‘larga seping va 15 daqiqaga qoldiring. Yuvilganida kiyimingiz xuddi yangidek ko‘rinishga ega bo‘ladi.

5. Agarda dog‘ eski bo‘lsa, unda benzin yoki nashatir spirtida foydalanish mumkin. Dog‘ni ushbu suyuqliklar bilan arting va kiyimni iliq suvda sovun bilan yuving.

6. Tuzdan aralashma tayyorlab oling. Buning uchun bir osh qoshiq tuzga, bir osh qoshiq suv qo‘shing. Paxta diskida dog‘ ustini arting. Shunda keyin kiyimni iliq suvda yuving. Mazkur usul, jun va ipak matosidan tikilgan liboslar uchun tavsiya qilinadi.

7. Sirkaga 2:1 nisbatda suv qo‘shib aralashtiring. Futbolka yoki ko‘ylakni ushbu eritmaga ivitib qo‘ying. Keyin bo‘lsa, yarim stakan ichimlik sodasiga yarim osh qoshiq tuz va bir osh qoshiq vodorod peroksidini qo‘shing. Aralashmani kiyimdagi dog‘ bor qismga surting va 20 daqiqaga qoldiring. Shundan keyin kiyimdagi ichimlik sodasidan qolgan qoldiqlarni tozalang va yuving.

8. Yuqoridagilar kutilgan natija bermasa, unda eski usulni sinab ko‘ring — kiyimni qaynating. Faqat bu usulni tabiiy paxtadan bo‘lgan matolarda qo‘llash tavsiya qilinadi, boshqa matolar chirib ketishi va ularni tashlab yuborishdan boshqa chora qolmasligi mumkin. Buning uchun katta idishga suv va mayda qilib qirg‘ichdan chiqarilgan sovun soling va olovga qo‘ying hamda 2-3 soat davomida qaynating. Shundan keyin, kiyimni odatdagidek yuvishingiz mumkin.

Mavzuga doir:   Uyni toza saqlashga yordam beruvchi 6 tavsiya



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-07-2020, 15:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют