» » Qozog‘istonda o‘tgan bir sutka ichida 1726 kishida, Qirg‘izistonda esa 511 kishida koronavirus aniqlandi

Qozog‘istonda o‘tgan bir sutka ichida 1726 kishida, Qirg‘izistonda esa 511 kishida koronavirus aniqlandi


Qozog‘istonda o‘tgan bir sutka ichida yana 790 kishida koronavirus aniqlandi, shuningdek, 963 kishida kasallikning belgisiz holati qayd etilgan. Umumiy hisobda bir sutka davomida COVID-19 qayd etilgan bemorlar soni 1726 kishini tashkil etmoqda, deb xabar beradi Tengrinews.

Koronavirusga chalinish bo‘yicha yangi holatlar quyidagi hududlarda aniqlangan:

Butun mamlakat bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 54 747 kishiga yetgan. Hozirga qadar 31 815 kishi sog‘aygan, 264 kishi virus qurboniga aylangan. 9-iyul ma’lumotlariga ko‘ra, Qozog‘istonda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 35 137 kishiga yetgani to‘g‘rida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Qozog‘iston prezidenti mamlakatda koronavirusning ikkinchi to‘lqini boshlanishida Sog‘liqni saqlash vazirligini aybladi

Qirg‘izistonda 9-iyul holatiga ko‘ra yana 511 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib Kloop xabar berdi.

Koronavirusga chalingan yangi kasallarning 260 nafari Bishkek shahri hisobiga to‘g‘ri kelmoqda. Shuningdek, quyidagi hududlarda ham koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha yangi holatlar qayd etilgan:

Butun mamlakat bo‘ylab COVID-19 bilan kasallanganlar soni 9358 kishiga yetdi, ularning 122 nafari virus qurboniga aylangan. Hozirga qadar 3134 nafar bemor davolangan.

Mavzuga doir: Qirg‘iziston bosh vaziri barcha tibbiyot xodimlarini ta’tildan chaqirib olishni buyurdi

Afg‘onistonda o‘tgan bir sutka ichida yana 314 kishida koronavirus aniqlandi. Bu haqda Jons Hopkins universiteti ma’lumotlarida keltirilgan.

Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, Afg‘onistonda koronavirusga chalinganlar soni 33 908 kishini tashkil etmoqda.

Butun mamlakat bo‘ylab koronavirusdan hozirga qadar 20 847 bemor tuzaldi. O‘tgan bir sutkaning o‘zida 147 kishi sog‘aygan. Umumiy hisobda 957 kishi kasallik oqibatida vafot etgan.

Mavzuga doir: Buxoroda 40 yoshli afg‘onistonlik erkak koronavirusdan vafot etdi

Tojikistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 6410 kishiga yetdi, deb xabar berdi “RIA Novosti”. O‘tgan sutka davomida yana 46 kishida koronavirus aniqlangan.

Mamlakatda o‘tgan bir sutka ichida 56 kishiga shifoxonadan javob berilgan. Tojikistonda hozirga qadar 54 kishi COVID-19 qurboniga aylangan, 5087 (79 foiz) bemor sog‘aygan. Ayni vaqtda 210 nafar bemor statsionarlarda qolmoqda.

Mavzuga doir: Tojikistonda koronavirus tarqatganlik uchun 5 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi joriy qilindi

O‘zbekistonda 2020-yil 10-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 11 723 nafarga yetdi. Ayni paytda O‘zbekistonda 7287 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqaro sog‘aygan, epidemiya boshlanganidan beri jami 52 nafar bemor koronavirus infeksiyasi asoratlari oqibatida hayotdan ko‘z yumgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-07-2020, 16:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 54) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют