» » Ota-onasi bilan bir filmda suratga tushgan Bollivud yulduzlari

Ota-onasi bilan bir filmda suratga tushgan Bollivud yulduzlari


Bollivudda ota kasbini tanlagan aktyor va aktrisalar yo‘q emas, lekin ularning hammasi ham ota-onasi bilan birga suratga tushish baxtiga muyassar bo‘lmagan.

Anil va Sonam Kapur

2019-yili ekran yuzini ko‘rgan “Bu qizni ko‘rganimda nimani his qildim?” filmida Sonam Kapur, otasi Anil bilan birga rol ijro qilgan. Ota-bolaning iliq munosabatlari filmda ham aks etgan. Rajkumar Rao, Juxi Chavla va boshqa bir qancha mashhurlar rol ijro qilgan ushbu film haqida gap ketganda Sonam Kapur, suratga olish jarayoni unga uyini eslatganini ta’kidlaydi.

Soni Razdan va Aliya Bxatt

“Fitna” kriminal dramasida bosh qahramon rolini ijro qilgan Aliya Bxatt, filmda onasi Soni Razdan bilan birga suratga tushgan.

Amitabx Bachchan va Abxishek Bachchan

Yulduzli juftlik Amitabx va Jaya Bachchanlarning farzandi Abxishek, otasi bilan bir necha marta birgalikda suratga tushgan. “Banti va Babli”, “Hech qachon alvido demang”, shuningdek, “Ota izidan” filmlari shular jumlasidan.

Sunil Datt va Sanjay Datt

Sanjay, taniqli hind ijodkorlari Nargis va Sunil Dattlarning oilasida dunyoga kelgan. Ota bola “Munnaboy” hamda “Roki va Kshatri” filmida birgalikda suratga tushish baxtiga muyassar bo‘lgan.

Dxamendra, Sanni, Bobbi va Esha Diol

Aka-uka Sanni va Bobbi Deol bir necha marta birga, otasi Dxamendra bilan “Tug‘ishganlar” hamda “Savdoyi oila” filmida suratga tushgan. Dxamendra, ikkinchi turmushidan bo‘lgan farzandi Esha Deol bilan 2011-yilda “Tangri menga ayt” filmida birga rol ijro qilgan.

Ranbir Kapur va Rishi Kapur, Nitu Singx

Bollivud yulduzlari marhum Rishi Kapur va Nitu Singx o‘g‘li Ranbir bilan birgalikda “Nomussiz” filmida suratga tushgan.

Shaxid Kapur va Pankaj Kapur

2015-yilda ekran yuzini ko‘rgan “Ajoyib sevishganlar” filmida ota-bola Kapurlar birgalikda suratga tushgan.

Akshay Khanna va Vinod Khanna

Akshay Khanna o‘zining debyut “Himolay jangchilari” filmida otasi Vinod Khanna bilan birga rol ijro qilgan. Akshay intervyulardan birida, suratga tushish davomida u otasining qo‘?llab-quvvatlashini his qilganini ta’kidlagan. 15 yildan keyin ota-bola aktyorlar yana bir bor “O‘yinchilar” filmida suratga tushgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-07-2020, 18:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют